Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Dezinformatsiyami `yoki misinformatsiyami?

09.08.2020 • 14:39

Ko‘pincha bu ikkita atamani adashtirishadi. Kelinglar bunga aniqlik kiritamiz!
Dezinformatsiya (ingl. desinformation) — bu maxsus yaratiladigan va tarqatiladigan yolg‘on axborotdir. Koronavirus pandemiyasi tufayli Whatsapp da bir dunyo tekshirilmagan axborot tarqalib ketdi. Masalan, shaharlarni vertolyotlardan turib dezinfeksiya qilish to‘g‘risidagi xabarlar Markaziy Оsiyo mamlakatlarida faol ravishda tarqatildi. Bu holat kattaroq vahima uchun ataylab yaratiladigan dezinformatsiyaga misol bo‘ladi.


Tasodifiy foydalanuvchilar xabarga ishonib, uni qarindoshlari bilan o‘rtoqlashishsa –endi misinformatsiya yuzaga keladi. Misinformatsiya (ingl. misinformation) — bu ham yolg‘on axborot bo‘lib , faqat u yanglishtirish, vahima uyg‘otish va hokazo maqsadlarda tarqatilmaydi. Dezinformatsiya osonlik bilan misinformatsiyaga aylanishi mumkin. (Factcheck.kz, 2019)

Ko‘pincha krizisli vaziyatlar dezinformatsiyaning yuzaga kelishiga yordam beradi. Masalan, koronavirus epidemiyasi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tili bilan aytganda «infodemiya» bilan birga tarqalgan. (WHO, 2020). Ya’ni haqqoniy va yolg‘on axborotning ulkan miqdori yuzaga keldi va ular orasida qaysi biri rost, qaysi biri yolg‘onligini aniqlash murakkab bo‘lib qoldi. Masalan, koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan dezinformatsiyaga eng yorqin misollar Yevropa Ittifoqining strategik kommunikatsiyalar va axborotni tahlil qilish Bo‘limi hisobotida aks ettirilgan (EEAS SCIAD, 2020). Bularning orasida eng mashhurlari bu koronavirus – Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va hatto Rossiya tomonidan (Yevropa Ittifoqi va NATOni yo‘q qilish uchun) qo‘llaniladigan biologik qurol ekanligi to‘g‘risidagi axborot; epidemiyani migrantlar yuzaga keltirgani to‘g‘risidagi axborot, yoki koronavirus yolg‘on ekanligi to‘g‘risidagi axborot. Har doim axborotni tekshirib turing!

 

Foydalanilgan manbalar:

EEAS Strategic Communications and Information Analysis Division, 2020. EEAS Special report update: short assessment of narratives and disinformation around the COVID-19/Coronavirus Pandemic (Updated 2-22 April). Accessed on July 28, 2020, available here  https://euvsdisinfo.eu/eeas-special-report-update-2-22-april/   

Factcheck.kz, 2019. Словарь фактчекера, 2020 yil 28 iyulda olingan,  https://factcheck.kz/glavnoe/slovar-faktchekera/ 

World Health Organization. (‎2020)‎. Infodemic management: a key component of the COVID-19 global response. Weekly Epidemiological Record, 95 (‎16)‎, 145 - 148

Material Yevropa Ittifoqining ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayerlangan

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.