Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Zombi-feyklar

09.08.2020 • 14:37

Qachonki kimdir maxsus ravishda yangiliklarni o‘zgartirsa feyk yuzaga keladi. Feyklar turli shaklda bo‘lishi mumkin – matnlar, video, foto, audio-feyklar (Factcheck.kz, 2019).

Internet va boshqa medialarda paydo bo‘ladigan va esdan chiqarib yuborilgan feyklar zombi-feyklar deb atalishini bilasizmi? (Factcheck.kz, 2019). Bunday feyklar yo‘q joydan paydo bo‘lishi, va muayyan sanaga, hodisaga yoki yangi muammoga bog‘lanishi mumkin. Ular messenjerlarda faol ravishda uzatilishi va kutilmagan holda mashhur bo‘lib ketishi mumkin.


Misol uchun, dunyodagi eng mashhur zombi-feyklardan biri bo‘lib xavfli paratsetamol to‘g‘risidagi xabar hisoblanadi. Bu feyk 2015 yildan boshlab bizga birin ketin qaytib kelmoqda — yoki tabletkasida zaharli simni topib olish mumkin bo‘ladi,yoki unda «Machupo» virus joylashgan bo‘ladi. Bu yilning boshida aynan shunday feyk Markaziy Osiyodagi Whatsapp da mashhur bo‘ldi.
BRYCA loyihasining hamkorlaridan biri, Qozog‘istondagi Xalqaro jurnalistika Markazi MediaNet vaqti-vaqti bilan qaytib keladigan zombi-feyklarning to‘plamini yaratdiki, ular orasida Remark va Umar Xayyomga tegishli deb hisoblanadigan feyk-sitatalar, monoqoshli afsonaviy eron malikasi to‘g‘risida feyk, yosh Anjela Merkel (Germaniya Bosh vaziri) va Tereza Mey (Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri) rasmga tushgan feykli fotolar va boshqa yana ko‘p feyklar bor. (Factcheck.kz, 2018).

Foydalanilgan manbalar:

Factcheck.kz, 2019. Словарь фактчекера, 2020 yil 20 iyulda olingan,  https://factcheck.kz/glavnoe/slovar-faktchekera/ 

Factcheck.kz, 2018. Зомби-фейки: иногда они возвращаются, 2020 yil 20 iyulda olingan https://factcheck.kz/sluxi/zombi-fejki-inogda-oni-vozvrashchayutsya/ 

Material Yevropa Ittifoqining ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayerlangan

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.