Feyk-nyus hodisa sifatida uzoq tarixga ega. Agar avval mish-mishlar oshxonadagi gaplar darajasida tarqalgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlar feyk-meykerlar uchun unumdor tuproqqa aylandi. (Shulembayeva, 2017).
Feyk-meykerning yashirin taomillari mavjud:
- agar effekt real bo‘lsa, aslida haqiqat bo‘lishi unchalik muhim emas;
- odamlarning avtomatizmlar va stereotiplarga odatlanganidan foydalanish;
- feyklarni axborot tasmasiga sezilmagan taqdirda kiritish (bir bochka asalga bir qoshiq qatroq qo‘shganday) (Kornev, 2016)
Feykmeykerlar ko‘pincha o‘quvchilar auditoriyasini va sitatalar keltirilishini oshirish uchun yorqin sarlavhalardan yoki umuman to‘qilgan voqealardan foydalanishadi.. Bunda daromad klikbeyting tamoyillarga o‘xshash holda shakllanadi va nashr qilingan materiallarning haqqoniyligidan qat’iy nazar reklamadan kelib tushadigan daromadni ifoda etadi (wikipedia, 2020).
2 mln.dan sal ortiq aholi yashaydigan Balqondagi Makedoniya to‘g‘risida ko‘p narsa bilasizmi? Yaqinda bu hudud shunisi bilan mashhur bo‘ldiki, aynan o‘sha yerda jurnalistlar .... dunyodagi sal bo‘lmasa eng yirik bo‘lgan feykli yangiliklar fabrikasini topishdi (Настоящее время, 2017)!
Feykli yangiliklarning taniqli ijodkori Mayl Grnkarov (Mile Grncarov), qalbaki axborotni yaratishning oddiyligi va uni fosh qilishning juda murakkabligi to‘g‘risida bunday deydi: «Ko‘pchilik yasama yangiliklar oddiy odamlar tomonidan yaratiladi. Ular kompyuterlarida o‘tirishadi, va oddiy formulani o‘zlashtirib olishadi: sharmandalarcha sarlavha plyus yolg‘on axborot baravar daromad. Bir narsani aniq aytish mumkin: yasama yangiliklarni to‘qib chiqarish ularni topish va fosh qilishdan ko‘ra ancha yengil». Mayl Grnkarov bor yo‘g‘i 13 yosh bo‘lganida to‘qima yangiliklardan foydalana boshlagan. «Politologiya va ishbilarmonlarcha ma’murlashtirish» mutaxassisligi bo‘yicha talaba bo‘lgan makedoniyalik Mayl muhim jahon tanlovlari vaqtida diqqat markazida bo‘lib qoldi. O‘zining moliyaviy muvaffaqiyatini u feykli yangiliklarni yaratishning oddiyligi bilan izohlaydi. (Настоящее время, 2017).
Foydalanilgan manbalar:
Wikipedia. (30 июня 2020 г..). Фальшивые новости. 2020 yil 24 iyulda olingan. Wikipedia: https://ru.wikipedia.org/wiki/Фальшивые_новости
Корнев, М. (18 июня 2016 г.). Линия по безопасному медиа-потреблению. Мосты-2016.
Настоящее время. (22 октября 2017 г.). Фейк по-македонски. Подростки с Балкан превратили производство фальшивых новостей в популярный заработок. 2020 yil 24 iyulda olingan, Настоящее время: https://www.currenttime.tv/a/28806010.html
Шулембаева, Р. (7 ноября 2017 г.). Как распознать фейк. 2020 yil 24 iyulda olingan, Казахстанская правда: https://www.kazpravda.kz/fresh/view/kak-raspoznat-feik
Material Yevropa Ittifoqining ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayerlangan