Shubhasiz siz har kuni do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringiz jo‘natgan u yoki bu axborot feyk bo‘lib qolgani to‘g‘risida eshitasiz. Bunday bahoga ishonib bo‘ladimi va xabarlarning butun oqimidan qaysi biri yolg‘on ekanligini qanday aniqlash mumkin? Keling mulohaza qilamiz.
Feykka yoki dezinformatsiyaga teskari bo‘lgan tushuncha «fakt» deyiladi. Fakt — bu real hodisa, voqea bo‘lib, uning mavjudligini ochiq manbalar yordamida tekshirish mumkin bo‘ladi (Li, 2019).
Faktlarnng haqqoniyligini tekshirish faktcheking (fakt + chek inglizcha «tekshirmoq») deyiladi. Faktcheking usullari yordamida ommadagi shaxslarning gaplarini, ijtimoiy tarmoqlardagi va messenjerlardagi matn, foto yoki video ko‘rinishidagi rezonansli fikrlarni tekshirish mumkin. Faktcheking usullarini fikr va taxminlarni, faqat muayyan ma’lumotlarni tekshirish uchun qo‘llab bo‘lmaydi (Li, 2019).
Dunyoda faktlarni tekshirish bo’yicha 291 ta resurs mavjud. Bunday saytlarning soni o’tgan yilga nisbatan 26% ga oshdi va oshishda davom etmoqda (Duke Reporters' Lab, 2020).
Markaziy Osiyoda birinchi faktchekingli resurs bo’lmish FactCheck.kz Qozog’istonda 2017 yilda ishga tushirilgan edi (Factcheck.kz, 2017). U Хalqaro faktcheking tarmog’i (IFCN) a’zosi hisoblanadi. Yaqin orada Qirg’izistonda Factcheck.kg va Тojikistonda Factcheck.tj resurslari tashkil etildi. Barcha uchta tashkilotlar hamkorlikda ishlaydi va hududning axborot muhitida feyklarning tarqalishiga qarshi faol kurashishmoqda.
Hoynahoy, siz bizning BRYCA loyihamizning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib uzoq-uzoq joylardagi yoshlar bilan ishlash orqali ularning tanqidiy fikrlashini va mediasavodxonligini oshirish yo’li bilan dezinformatsiya va adovat tiliga qarshi turish xizmat qilishini tushungan bo’lsangiz kerak. Biz mediamuhitdagi axborotning ulkan oqimida yengillik bilan to’g’risini topishga yordam beramiz – bu oson emas, biroq yetarli darajada qiziqarlidir. Biz bilan qoling!
Foydalanilgan manbalar:
Duke Reporters' Lab (2020, 3 aprel). 27 iyul 2020 yil, Reporterslab.org website: https://reporterslab.org/fact-checking/
Factcheck.kz (2017). 2020 yil 10 may., Factcheck.kz website: https://factcheck.kz/o-nas/
Li, V. (2019, 7 aprel). Словарь фактчекера. 2020 yil 10 may, Factcheck.kz website: https://factcheck.kz/glavnoe/slovar-faktchekera/
Material Yevropa Ittifoqi ko’magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.