Texnologiyalar taraqqiy etib, har kuni uni bir-birini o‘rnini bosib turayotgan hozirgi dunyoda axborotning tarqalish tezligi ba’zida yorug‘lik tezligiga qiyoslanishi mumkin. Uzluksiz teleeshittirishlar, radioeshittirishlar, videobloglar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va hokazo – axborot bizni hamma yerda o‘rab turadi.
Bunday katta ma’lumotlar dunyosida aqnday qilib ishlarni tartibga solish mumkinligini tushunib yetish va ularni tahlil qilib, to‘g‘ri qabul qila olishni o‘rganish uchun «mediasavodxonlik» va «mediata’lim» tushunchalari mavjud. Bu tushunchalar juda murakkab eshitiladi va ko‘pincha ularni adashtirishadi yoki bir-birini almashtirib qo‘yishadi. Kelinglar aslida qandayligini tagiga yetamiz.
Mediasavodxonlik XXI-asr ko‘nikmasi sifatida klassik savodxonlikdan tortib (dastlabki o‘qish va yozish ko‘nikmalari) raqamli axborotli savodzonlikkacha rivojlangan holda evolyutsiya jarayonida yuzaga keldi va natijada mediasaodxonlik yoki mediavakolatlilikka olib keldi (NAMLE, 2018).
Mediata’lim – pedagogik nazariya va amaliyotning o‘ziga xos, avtonom bilimlar sohasidning bir qismi sifatida qaralayotgan zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalarini boshqarish bo‘yicha nazariya va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatishdir.; kni masalan matematika, fizika yoki geografiya kabi boshqa bilim sohalarida o‘qitish uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha vositalar sifatidagi mediani ishlatishdan farqlash lozim» (UNESCO, 1984).
Shunday qilib, mediata’lim – bu mediaga o‘qitish va o‘rganish, mediasavodxonlik esa – bu ana shu jarayon natijasi – o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlar va ko‘nikmalar majmuasidir.
Biz bilan qoling va yanada ko‘proq bilimlarga ega bo‘ling!
Foydalanilgan manbalar:
Namle.net (2018). 2020 yil 5 iyulda olingan, Namle.net website https://namle.net/publications/core-principles/
UNESCO (1984). Media Education. Paris: UNESCO, p.8.
Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.