«Adovat tili» nima degani? Nima uchun ayrim haqoratlar va salbiy izohlarni “yovuzona fikrlar” emas, balki “adovat tili” deb atash lozim ? Adovat tilini qanday aniqlash? Bu matnni o‘qib (va viktorinada o‘ynab) siz nima uchun «sen o‘zing jinnisan» -adovat tili EMAS ligini , «xotinlarga esa mashina qaydash mumkin emas» - adovat tili ekanligini tushunib olasan.
Adovat tili – bu birorta irq, etnos, jins, diniy yoki ijtimoiy guruh vakillari uchun ko‘ngilsiz yoki kamsituvchi bo‘lib ko‘rinadigan salbiy yoki diskriminatsiya qiluvchi fikr-mulohazalardir. Haqoratlar adovat tili bo‘lishi ham mumkin, bo‘lmasligi ham mumkin. Qaysi biri qanaqaligini tushunish uchun adovat tili har bir insonning ikkita asosiy huquqi – fikr va tenglik erkinligi huquqi bilan uzviy bog‘liqligini bilish muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, fikr erkinligi huquqi bu shunchaki har bir odam o‘z fikriga ega bo‘lish va uni erkin ifoda etish huquqini anglatadi. Boz ustiga, har bir odam ixtiyoriy vosita bilan va davlat chegaralaridan qat’iy nazar axborotni qidirib topish va uni tarqatish huquqiga ega. O‘z navbatida, tenglik huquqi BARChA odamlar erkin va teng bo‘lib tug‘ilishini anglatadi– qadr-qimmatidagi tenglik (hech kim yomonroq emas va yaxshiroq ham emas, har kim teng darajada hurmatga sazovordir) va huquqlaridagi tenglik.
Bu ikkita huquq bir-biriga zid kelishi mumkin. Aytaylik, kimdir internetda postga izoh bermoqda, va aytdi: «Qozog‘istonda ularni [lo‘lilarni] nazorat qilish kerak, butun giyohvandlar ular orqali kirib kelmoqda, o‘zlarining Moldovasiga yo‘qolishsin va o‘sha yerda sotishsin » . Har bir inson o‘z fikrini erkin ifoda qilishi mumkin, biroq bizning misolda, bu fikr roma (“lo‘lilar”- to‘g‘ri bo‘lmagan tarjima) urug‘ining tenglik huquqi – hech qayerdan haydalmaslik, munosib hurmatga ega bo‘lish, shaxsan daxlsizlik va qonuniy tartibda isbotlanmaguncha o‘zini aybsiz his qilish huquqi bilan ziddiyatga keladi. Tenglikning aksi– diskriminatsiya, va ana shu misol aynan shunday ma’noga ega.Bu postning muallifi roma etnosidagi odamlarni negativ tarzda umumlashtirib, zo‘ravonlikka undamoqda.
«Adovat tili» atamasi aynan ana shunday holatlar uchun qo‘llaniladi. Qaysidir fikr-mulohaza bizning hayotimizni erkin va xavfsiz qiladigan huquqlarni buzayotganligini aniqlab, biz adovat tiliga nisbatan chora ko‘rishimiz mumkin. Bunday choralar bo‘lib muallifni ogohlantirish ham, tarmoqdan izohni olib tashlash ham, ham jiddiy vaziyatlarda – tergov qilish va sud qilish ham bo‘lishi mumkin.
Adovat tili insonni diskriminatsiya qiladi. Shuning uchun undan abstrakt tushunchalarni emas (masalan Vatan, bayroq, diniy odatlar ) balki ODAM larni himoya qilish kerak. Fikrlar va g‘oyalarni muhokama qilish, mulohaza yuritish va tanqid qilish mumkin va buni qilish kerak. Adovat tilini aniqlashda g‘oyalarni tanqid qilish bilan insonni – u kim bo‘lishi – xitoylikmi, aravachadagi nogironmi, xotin kishi, dindor yoki ateistligiga qarab diskriminatsiya qilish o‘rtasidagi chegarani tushunib yetish muhimdir.
(zilsilahT shulisha)
Manbalar:
ARTICLE 19. (2019). Разъясняя «язык вражды»: Практическое пособие (Редакция 2015 года). https://www.article19.org/wp-content/uploads/2015/12/A19_Hate-Speech-Report-2018_Russian.pdf dan olingan.
*Viktorinada keltirilgan adovat tiliga misollar BRYCA loyihasining media monitorlaridan moslashtirib olingan. Yuqorida keltirilgan adovat tiliga misollardan birortasi ham BRYCA loyihasi jamoasi, BRYCA loyihasi hamkorlari va Yevropa Itifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi. Misollar ta’lim maqsadlarida tuzilgan, va adovat tilini rag‘batlantirish uchun emas, balki unga qarshi kurashish uchun yo‘naltirilgan.
Endi, bu jumlalar adovat tili bo‘lish-bo‘lishmasligini topishga urinib ko‘ramiz (ta’rifiga qarang) ???