Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Hayvonlar to‘g‘risidagi feyklar nimasi bilan xavfli

09.08.2020 • 11:38

Covid-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy tarmoqlarda zoohimoyachilar bilan “zooraqiblar”ning bir-biriga qarama-qarshi turishi kuzatilmoqda. Hayvonlar Covid-19 ning tashuvchilari bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi feyklar bilan bir qatorda uy hayvonlari, ayniqsa mushuk egalarida Covid-19 ga qarshi immmunitet boshqalarnikiga nisbatan yuqori bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar  paydo bo‘ldi. Bu feyklarning ikkalasi ham xavfli hisoblanadi.

Birinchisi hayvonlarga nisbatan tajovuzni ifoda etsa, ikkinchisi hayvonlarning egalari o‘zining xavfsizligiga ishonib karantin talablarini buzishni boshlashlariga olib kelishi mumkin. 

O‘zbekistonda uysiz hayvonlar soni pandemiya boshlanganidan beri keskin ko‘payib ketdi. Bu holat go‘yoki COVID-19 ning tarqalishiga aloqador bo‘lgan hayvonlar to‘g‘risidagi feyklarning ko‘payib ketganligi sababli yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uy hayvonlarini qo‘lqoplarda silash lozimligi to‘g‘risidagi SMS-xabarlar tarqatishni boshlaganidan keyin uysiz hayvonlarning soni yanada oshib ketdi. Sal keyinroq sog‘liqni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxs «xabarlarni tarqatish – bu shaxsiy gigienaning bevosita koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar» ekanligini tushuntirdi. «Koronavirusni tarqatadigan yagona tabiiy manba – bu ko‘rshapalaklardir. Koronavirusning tashuvchilari bo‘lgan ko‘rshapalaklarning turi bizning hududda yashamaydi», - deb kechroq Almatov o‘zining tavsiyalarini izohladi. (Nima uchun hayvonlarni qo‘lqoplar bilan ushlash tavsiya etiladi?, 2020) .

 

(ilHaqtora kirfafl)

 

Sitata qilinadigan manbalar: 
Nima uchun hayvonlarni qo‘lqoplar bilan ushlash tavsiya etiladi? (13 04 2020 y.).
Olindi Uza.uz: http://uza.uz/ru/society/pochemu-zhivotnykh-rekomenduyut-trogat-v-perchatkakh--13-04-2020

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.