Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Midjourney kabi maxsus dasturlar yordamida yaratilgan suratlarni ko'rish mumkin. Ulardan ba'zilari haqiqiy fotosuratlarga shunchalik o'xshashki, ularni osongina chalkashtirib yuborish mumkin. Masalan, Nyu-York ko'chalarida hibsga olinayotgan AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning tasviri va chiroyli oq patli kamzulda sayr qilib, e'tiborni jalb qilayotgan Rim Papasi Frantsiskaning surati mavjud. Ushbu raqamli suratlar haqiqiy fotosuratlar singari tobora sifatliroq va haqiqiyga yaqinroq bo'lib bormoqda.
Surat haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash uchun bir nechta oddiy maslahatlar:
1- Manbani tekshiring
Agar Siz suratning haqiqiyligiga shubha qilsangiz, uning manbasini topishga harakat qiling. Birinchidan, fotosuratda uni kim olganligi yoki qaysi axborot agentligidan yoki manbasidan kelib chiqqanligiga ishora bor-yo'qligini ko'ring.
Agar u qayerdan kelganini bilmasangiz, Google yoki Tineye kabi boshqa qidiruv tizimidagi surat bo'yicha qidiruvdan foydalanishingiz mumkin. Agar tasvir bo'yicha qidirish hech qanday natija bermasa, bu shubhalanishga sabab bo'ladi, chunki haqiqiy insonlar va voqealar ko'pincha raqamli iz qoldiradi.
2 - Kichik tafsilotlar yordam berishi mumkin
Tasvir sun'iy aql yordamida yaratilganligini bilish uchun unga diqqat bilan qarash va kichik tafsilotlarni ko'ra bilish kerak. Bunday rasmlar juda real ko'rinishga ega bo'lsa-da, ularda payqasa bo'ladigan ba'zi xatolar uchrachi mumkin.
Masalan, qo'llaringizga e'tibor bering. Hamma sun'iy intellekt dasturlari ham inson qo'llarini mukammal tarzda yarata olmaydi, shuning uchun qo'llarda beshta barmoq borligini va chegaralar aniq yoki yo'qligini tekshiring. Agar rasmda kimdir buyumni ushlab turgan bo'lsa, uning ko'rinishi haqiqiyligiga ishonch hosil qiling. Agar Sz ushbu holatni o'zingiz qayta yaratishga harakat qilsangiz, buyumni ushlab qola olarmidingiz yoki u qo'lingizdan tushib ketarmidi?
Ko'zlarga ham e'tibor bering. Ayniqsa, agar tasvirdagi shaxs ko'zoynak taqqan bo'lsa. Ko'zoynaklarning ba'zi qismlari ba'zan "sehrli tarzda" yo'qolib qoladi -SA ularni har doim ham oxirigacha chizmaydi. Linzalarning soyalari bor-yo'qligini, ko'zlarning ranglari bir xilmi yoki yo'qmi, qandaydir notabiiyliklar yoq'ligini tekshiring. Tafsilotlar ba'zan sun'iy aqlning ishi ekanligini sotib qo'yadi.
Agar rasmdagi yuz tabiiy ko'rinsa va yuz ifodasi tabiiy bo'lsa, bu yaxshi belgidir, ammo tasvir sun'iy aql tomonidan yaratilmagan, deb yuz foiz ishonch bilan aytish mumkin emas.
Shuningdek, quloqlar, tishlar va sochlar, teri, soqol, mo'ylovlarga e'tibor bering. Quloqlar g'alati, nosimmetrik yoki g'ayrioddiy tuzilishga ega emasligini tekshiring. Tishlar tartibsiz shaklda bo'lishi yoki g'ayritabiiy tarzda joylashishi mumkin. Sochlar mo'yqalam bilan chizilganga o'xshab ko'rinishi mumkin, ularning shakli qosh shakliga mos kelmasligi mumkin. Ushbu kichik tafsilotlarning barchasi tasvirning haqiqiy yoki yo'qligini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Ba'zida SA noaniq tasvir fonini chiqarib beradi, ayniqsa, fonda yozuvlar bo'lishi kerak bo'lsa, ularning o'rniga ba'zi tushunarsiz yozuvlar paydo bo'ladi.
3 – Kontekstga (muayyan matga) etibor bering
Чтобы узнать, настоящее изображение или нет, не просто смотрите на объект Tasvir haqiqiy yoki yo'qligini bilish uchun undagi faqat ob'yektga emas, balki atrofdagi hamma narsaga qarang.
Agar fotosurat ko'chada olingan bo'lsa, belgilar va atrofdagi makonning ko'rinishi me'yorda ekanligni tekshiring yoki ular tiniq emasmi yoki suratga olinishi kerak bolgan joyga mos kelmaydimi, tekshiring. Ba'zida feyklarni yaratish texnologiyasi bunday mayda narsalarda xatolarga yo'l qo'yadi va bu ajratishga yordam beradi.
Shuningdek, tasvirdagi insonlar va buyumlarning nisbatlariga qarang. Shunday qilib, sun'iy aql bilan rasmning qismlari va biz haqiqiy hayotda ko'radigan o'lchamlar o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga keladi. Bu tasvir feyk bo'lishi mumkin ekanligiga yana bir ishora bo'lishi mumkin.
4 - Avtomatik aniqlash vositalari
Tasvir SA tomonidan yaratilganligini aniqlashga yordam beruvchi maxsus vositalar mavjud. Ammo ularning hech biri mutlaqo ishonchli emas.
Masalan, Maldita.es This Person doesn't Exist sayti tomonidan yaratilgan tasvirlarni aniqlashga yordam beruvchi Mayachitra onlayn-platformasidan foydalanishga harakat qildi. Biroq, ular DALL-E 2 platformasidan olingan tasvirlarni tahlil qilishda vositaning ba'zi kamchiliklari borligini aniqladilar.
5 - Tanqidiy qarash har doim dolzarb
SA tomonidan yaratilgan tasvirlar juda ta'sirli bo'lishi mumkin. Ammo ba'zida ulardan chalg'itish uchun foydalanadilar. Shuning uchun ularga biroz ishonchsizlik bilan qarash muhimdir.
Turli yo'llar bilan aldash mumkin, lekin har doim bitta maqsad - aqlimizga emas, balki his-tuyg'ularimizga ta'sir qilish mavjud.
Masalan, Oq uyda Kamala Xarrisning raqsga tushayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo'ldi. Ammo agar diqqat bilan qaralsa va fotosuratlar tahlil qilinsa, bunday emasligini tezda tushunish mumkin. Axir, o'sha kuni Xarris Vashingtonda emas, Afrikada edi. Ko'pgina ishonchli yangiliklar manbalari bu haqda xabar berishdi va ularda audio- va videoyozuvlar shaklida dalillar mavjud.
Shuni esda tutish kerakki, sun'iy aql xizmatlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda va yaratilgan fotoni aniqlashtirish juda qiyin, aniqrog'i, bundan buyon har doim ham buning imkoni bo'lmaydi. Agar mashq qilishni va yasalgan fotosuratlarni va haqiqiylarini qanday ajratishni o'rganishni istasangiz, unda Sizga which faces real xizmati yordam beradi.
Manba: https://msavod.uz/