Faktlarni fikrlardan ajrata olish qobiliyati zamonaviy media landshaftida yaxshiroq harakat qilish va iste'mol qilinadigan axborot to'g'risida asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Pew Research Center tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra so'nggi yillarda internetda tarqatilayotgan yolg'on yoki chalg'ituvchi axborot soni keskin oshdi. Bunday noto'g'ri axborot jamoatchilik munozarasiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi va hatto haqiqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mazkur markaz tomonidan o'tkazilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, 18 yoshdan 49 yoshgacha bo'lgan amerikaliklar kattalardan ko'proq haqiqiy da'volarni fikrlardan ajrata oladilar. 1500 dan ortiq kattalar o'rtasida o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 30 yoshgacha bo'lganlarlarning 52 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan faktlarni farqlashda unchalik qiyinchilik tug'dirmasligini aytgan, 60 va undan katta yoshdagi kattalar orasida esa, bundaylar atigi 34 foizni tashkil etgan.
Ekspertlarning fikriga ko'ra, bu farq bir necha omillarga, xususan, quyidagilarga bog'liq:
Ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlar ko'pincha faktlar va fikrlar o'rtasidagi chegaralarni o'chiradigan raqamli OAVga duch kelishadi. Shuning uchun ular allaqachon subyektiv tarzda taqdim etilgan yangiliklarni ko'rishga odatlangan va ular iste'mol qilayotgan axborotga nisbatan ko'proq tanqidiy munosabatda bo'lishlari mumkin.
Xo'sh, faktni fikrdan qanday ajratish mumkin?
Fakt - tekshirilishi va tasdiqlanishi mumkin bo'lgan, dalillar va tajribaga asoslangan ta'kid. Faktlar, odatda, raqamlar, sanalar, ismlar, jismoniy xususiyatlar va boshqa muayyan tafsilotlarni o'z ichiga oladi.
Faktlarga misollar keltiramiz:
Alyaska hududining besh foizi muzliklar bilan qoplangan.
Suv 100 daraja haroratda qaynaydi
O'zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqadagi barcha qo'shnilar bilan chegaralarga ega bo'lgan yagona mamlakat.
Fikr - kimningdir shaxsiy munosabati, bahosi yoki e'tiqodini ifodalovchi subyektiv bayonot. Fikr faktlarga asoslangan bo'lishi mumkin, ammo bu o'z-o'zidan fakt emas.
Misollar keltiramiz:
O'zbekiston aholisi juda mehmondo'st
Samarqand Sharq marvaridi
Yozning uzoq kunlari tufayli Alyaskadagi karam tengsiz hisoblanadi.
Fikrlar singari, yana bir tushuncha - afzalliklar qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ladi. Afzallik - bir kishi yoki narsa boshqa insonga yoki narsaga qaraganda ko'proq yoqadigan yoki kerak bo'ladigan tuyg'u. Ba'zilar afzalliklar fikrlar toifasiga kiradi, deb hisoblashadi. Boshqalar esa, afzalliklar alohida toifadir, deb ta'kidlaydi.
Afzalliklarga misollar:
Men sovuq bo'lgan Alyaskada emas, balki issiq bo'lgan Floridada yashashni afzal ko'raman.
Bug'u go'shtini iste'mol qilish jirkanchdir.
Menimcha, Denali Shimoliy Amerikadagi eng go'zal cho'qqi.
Fakt va fikr o'rtasidagi farqni aniqlash usullari
1 - O'ta ijobiy yoki salbiy his-tuyg'ularni ifodalovchi so'zlar bo'lib, fikr belgisidir.
Signal so'zlar: hamma, hech qachon, ko'p, har doim, hech kim, hech qachon, hamma, haqiqatan ham, hech bir juda
2 - Tavsiflovchi so'zlar tabiatan subyektiv. Baholovchi hukmli gaplar - bu fikrlar.
Signal so'zlar: chiroyli, xunuk, aqlli, ahmoq, quvnoq, omadli, g'amgin.
3 - Hissiyotlarga murojaat qilish uchun ishlatiladigan til hissiydir. Hissiy muomala misolini ko'rib chiqing.
Misol: Siz hech qachon yo'lda ketayotganda yo'l yoqasida chiqindi to'planib yotganini ko'rganmisiz? Insonlar bu atrof-muhitga qanchalik zarar yetkazishini tushunishlari kerak. Xunuk chiqindi tarkibida zaharli moddalar mavjud bo'lib, ular yerga zarar etkazadi va yovvoyi hayvonlarni o'ldiradi.
Umuman olganda, faktlarni fikrlardan ajrata olish jamiyatimiz uchun muhim vositadir. Bu bizga asosli qarorlarni qabul qilishga, ishonchli ma'lumotlar asosida o'z fikrimizni shakllantirishga va jamoatchilik munozarasida ishtirok etishga yordam beradi. Soxta axborot tobora keng tarqalgan zamonaviy media landshaftida ushbu mahoratni rivojlantirish yanada dolzarb bo'lib bormoqda. Shuning uchun, faktlarni fikrlardan ajratish muhimligini anglab, biz ko'proq boxabar va mas'uliyatli fuqarolar bo'lishimiz mumkin.