Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot gigiyenasi: axborot shovqinidan qutilishning 8 ta usuli

20.05.2022 • 11:54

Avvalgi maqolada biz axborot gigiyenasi tushunchasi hamda rioya etish zarur bo‘lgan prinsiplar haqida so‘z yuritgan edik. Demak, siz bilan har doim to‘xtamasdan yangi axborotlarni qabul qilishimiz, ular xavfsiz yoki xavfli, foydali yohud foydasiz bo‘lishi mumkinligi haqida bilib oldik. Axborot miqdorining juda kattaligi axborot shovqinini keltirib chiqaradi. 

Tanishlaringiz, do‘stlaringiz o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lmagan, o‘zlari yaxshi bilmagan mavzu yuzasidan faol munozara qilishayotganiga guvoh bo‘lgandirsiz. Ular o‘zlarini shu mavzu bo‘yicha ko‘p narsani bilamiz, deb hisoblashadi, lekin suhbat jarayonida ana shu bilimlarning yuzaki va xatto uzuq-yuluq ekani bilinib qoladi. Bu axborot shovqinining ta’siri bo‘lib, unda filtrlanmagan axborot oqimi orasida olingan ma’lumotlarning foydalilik darajasi ana shu ma’lumotlar miqdoriga proporsional ravishda kamayib boradi.

Quyidagilar axborot shovqini manbasi bo‘lishi mumkin:

  • Televideniye
  • Internet
  • Radio
  • Gazeta
  • Reklama

Salbiy axborotning juda ko‘pligi – xuddi juda ko‘p zararli ovqatga o‘xshaydi. Juda ko‘p odamlar har kuni yangiliklarni kuzatib borishadi, hamma – ham mustaqil, ham davlatga qarashli medialarda salbiy yangiliklar miqdori ko‘proq, bu esa stressni, tashvish va xavotir hissini keltirib chiqarishi mumkin.

Axborot shovqiniga qarshi qanday kurashish kerak?

  1. Kamroq yangiliklar, ko‘proq kitob

Sasseks universiteti olimlarining aniqlashlaricha, atigi 6 daqiqa kitob o‘qish stress darajasini 58% ga kamaytirar ekan.

  1. Nonishtagacha yoki kechki ovqatdan keyin yangiliklar bilan tanishmang

O‘zingiz uchun axborot shovqinidan holi vaqt oralig‘ini yarating. Bu sizning dam olishingizga, tinchlanishingizga va diqqatingizni boshqa muhimroq narsalarga qaratishingizga yordam beradi.

  1. Yangiliklarni smartfondan o‘qimaslikka harakat qiling

Katta ekrandan foydalanish intizomga o‘rgatadi – siz uni cho‘ntagingizga solib qo‘yib, istagan paytingizda ko‘ra olmaysiz ?.

  1. Yangiliklarni haftasiga bir marta o‘qing

Bu paytga kelib eng “qaynoq feyklar” fosh etilib, sizning ixtiyoringizda axborot shovqinidan holi 6 kun bo‘ladi!

  1. Mahallliy yangiliklarga ko‘proq e’tibor qarating

Ular sizning hayotongizga Perudagi yer qimirlashi yoki Niderlandiyadagi saylovlardan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Reklamani bloklagichlardan foydalaning

Bu Free Adblocker Browser, Adblock Fast va boshqalar bo‘lishi mumkin.

  1. O‘z obunalaringizni filtrlab turing

Haqiqatdan ham muhim va foydali bilimlar beradiganlarini qoldiring.

  1. Kechiltirilgan o‘qish amaliyotidan foydalaning

Qiziqarli maqola yoki videoga ko‘zingiz tushganda, ularni darhol ko‘rib chiqishga oshiqmang. Ularni yig‘ib boring va bir o‘tirganda hammasi bilan tanishib chiqing. Sizga juda qiziq va muhim bo‘lib tuyulgan narsalarning ko‘pi ikki-uch kundan keyin umuman hayajonlantirmayotganini ko‘rib, hayron qolasiz.

Mana shu oddiy qoidalarga amal qilish orqali siz kunlaringizga ko‘proq uyg‘unlik va ijobiylik olib kirasiz. Omadingizni bersin!

Manbalar:

https://4brain.ru/blog/information-hygiene/

https://lifehacker.ru/informatsionnyj-shum/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.