Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot urushi(AU)ning qurboni bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?

15.04.2022 • 08:33

Inson o‘zini jamiyatning bir qismi deb bilishi va ko‘pchilikning fikri solishtirib ko‘rishi juda muhim. OAV orqali istalgan nuqtai nazar ko‘pchilikning fikri sifatida singdirilishi mumkin. Boshqacha nuqtai nazarga ega bo‘lgan odamlar, ko‘pchilik o‘zlariga qo‘shilmasligi mumkin, deb o‘ylashsa –aslida ko‘pchilik ularni qo‘llab-quvvatlashi mumkin - o‘z fikrini aytishga qo‘rqishadi. Bundan tashqari, odamga koordinatalar tizimi kerak – u noaniqlikda yashay olmaydi. Matbuot olamning yaxlit tasviri illyuziyasini yaratadi va barcha voqea-hodisalarni uning chegarasidan chiqmay tushuntiradi. Shunga qarshi bo‘lmagan hamma narsaga jon-jon deb ishonishadi. Bu o‘rinda konspirologiya uchun ham zamin yaratiladi: hamma voqea-hodisalarni ham vaziyatdan kelib chiqib osongina tushuntirib bo‘lmaydi, odamlarning vajlari har doim ham shaffof bo‘lavermaydi, shu bois hammasini fitnaga olib borib taqash osonroq kechadi.

Bunga qarshi eng yaxshi davo vositasi - o‘zingni OAVdan to‘liq ajratib qo‘yish. Ammo postsanoat jamoiaytida bu narsa amalga oshishi uchun siz tarki dunyo qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bunday keskin choraga tayyor bo‘lmaganlarga esa quyidagi yolg‘on axborot va targ‘ibotning ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan tavsiyalar qo‘l keladi:

  • Tinglash yoki ko‘rishga emas, o‘qishga harakat qiling. Odam o‘qiganida u tanqidiyroq fikrlaydi va uni chalg‘itish oson bo‘lmaydi.
  • Manipulyatsiya usullarini yodda tuting va ularni hayotda belgilab boring. Agar siz manipulyatsiyani aniqlagan bo‘lsangiz, demak u sizga ta’sir qilmabdi.
  • Biror bir manbaga to‘liq ishonmang. Agar siz bir tomonning targ‘ibotidan qutilib qolgan bo‘lsangiz, bu ikkinchi tomonning targ‘iboti qurboni bo‘lmasligingizni anglatmaydi: urush vaqtida hamma yolg‘on gapiradi.

Shuningdek, AU bosqichma-bosqich olib borilishini ham unutmang. Bosimni uzoq vaqt yuqori darajada ushlab turishning iloji yo‘q, shu bois urushlarning eng qizg‘in paytida axborot parxezi uyushtirib turish zarar qilmaydi. Masalan, ta’tilga chiqib ketish yoki biror bir serialni ko‘rish, kitob o‘qish yoki videoo‘yin o‘ynash bilan o‘zingizni band qiling.  

«AU inqirozning davomiyligidan kelib chiqib uzoq davom etishi mumkin. Ular kutilmaganda, birdaniga boshlanishi mumkin, ammo oadtda jamiyat unga asta-sekin, o‘sib borish tarzida jalb etiladi. Akademik nuqtai nazardan qaraganda, har qanday AU – xuddi reklama yoki PR kampaniya kabi yuqori jadallikdagi kommunikatsiya kampaniyasi hisoblanadi.

Auning o‘zingizga salbiy ta’siridan qochish uchun televizor ko‘rmaslik, yaxshisi yangiliklar va maqolalarni o‘qish kerak. Bu asosiy tavsiya. Qolganlari esa, garchi g‘alati tuyulsada, mental gigiyenaga taalluqli:

1) axborotvaziyatiga hissiyot bilan kirib ketmaslikka harakat qilish kerak, yo‘qsa uning asiriga aylanasiz;

2) har doim tasvir ortida haqiqiy odamlarning g‘am-tashvishlari turganini unutmaslik kerak;

3) yangiliklarni hamda yangiliklar saytlarini ko‘rish vaqtini cheklash (masalan, bir kunda 15–20 daqiqa — voqealardan xabardor bo‘lish uchun shu vaqt bemalol yetadi); 

4) aslo siyosat bilan yashamaslik, balki madaniyatga urg‘u berish kerak (hech bo‘lmasa kinoga borib turish kerak);

5) har kuni hech bo‘lmasa 15 – 20 daqiqa sayr qiling (yaxshisi bog‘da) — bu riniy-hissiy bosimni chiqarib yuborishga yordam beradi. Ko‘rganingizdek, biror bir sir yo‘q – hammamiz buni yaxshi bilamiz. Ammo amal qilmaymiz», – Valeriy Solovey, professor, MDXMI  jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri.

Manba:

http://www.lookatme.ru/mag/how-to/inspiration-howitworks/206079-infowars

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.