2016-2018-yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida birin-ketin kibersport federatsiyalari - O‘zbekistonn elektron kompyuter sporti federatsiyasi (2016), Qirg‘iziston Respublikasi kibersport federatsiyasi (2016), Qozog‘iston kibersport federatsiyasi (2017) va Tojikiston kibersport federatsiyasi tashkil etiladi.
Kibersportning sport turlari reestruga kiritilishi mintaqada juda katta olg‘a siljishni boshlab berdi. 2018-yil iyun oyida Qozog‘iston sport reestrida yangi sport turi – kibersport paydo bo‘ladi. 2018-yil dekabr oyida kibersport Qirg‘izistonning sport turlari va sport yo‘nalishlari Milliy reestriga kiritiladi. O‘zbekistonda esa bu jarayon 2019-yilda amalga oshdi. Bundan tashqari, 2020-yilda Qazaq Cybersport Federation Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida musobaqalar ro‘yxatiga kiritilgan Dota, CS, Теккен7 va реs21 o‘yinlari ayniqsa keng ommalashgan. Respublikalar ichidagi saralash turlaridan keyin g‘oliblar hududiy saralashga yo‘l olishadi – Markaziy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Osiyo, Amerika va shu tariqa davom etadi. Musobaqaning hududiy saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan Markaziy Osiyo hududi ishtirokchilari final bosqichiga yo‘llanma olishadi. Har yili kibersport Xalqaro federatsiyasi turli mamlakatlarda final bosqichlarini tashkil etadi( 2 ) .
Bir nechta kibersport turnirlari Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlaridan sportchi va tomoshabinlarni jalb etib, an’anaviy tus olishga ulgurdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belorus vakillari ishtirok etadigan АLTEL Cyber Games turnirlari shular jumlasidandir.