Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Dunyoda kibersport tarixi

10.03.2022 • 09:43

Kibersport – video o‘yinlardan foydalangan holda musobaqalashiladigan sport turi. Shuningdek, kompyuter yoki elektron sport deb nomlanishi ham mumkin.

XX asrning 70-yillarida Stenford universitetida  Spacewar kompyuter o‘yini bo‘yicha ilk musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir universitetning kompyuter laboratoriyalaridan birida o‘tkaziladi. 1980-yilga kelib, AQShlik o‘n mingga yaqin geymerlar Space Invaders bo‘yicha chempionatda bahslarga kirishishadi.

1980-yillarga kelib, elektron sport asosan endigina paydo bo‘lgan o‘yin pristavkalari bazasida rivojlangan. Nintendo va Sega Genesis chiqishi bilan, ko‘plab kompaniyalar odamlarni video o‘yinlarga oshno etish sohasiga kattagina mablag‘ tika boshladilar.

90-yillarda kompyuter o‘yinlarining tarqalishida juda katta sakrash yuz berdi, internetning paydo bo‘lishi video o‘yinlarning rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. Ishtirokchilar Quake yoki Warcraft bo‘yicha o‘zaro bellasha boshladilar.

Har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kibersport bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. O‘yinlar internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinadi va juda katta auditoriya to‘playdi. 2000-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadigan World Cyber Games turniri kibersport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari hisoblanadi. O‘yinlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘tkaziladigan  Dota 2 bo‘yicha The International yoki League of legends bo‘yicha jahon chempionati eng nufuzli musobaqalar hisoblanadi.

2016-yilda Butunjahon kibersport assotsiatsiyasi tashkil etilgan(1).

Har qanday sport turida bo‘lgani kabi, video o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar ham ayrim mamlakatlarda keng ommalashgan bo‘lsa, boshqalarida ommalashmagan. Kibersportning rivojlanishiga juda ko‘plab omillar, jumladan Internet tezligi va narxi, shuningdek texnologik rivojlanish va auditoriyaning o‘yinlariga qiziqishi muhim o‘rin tutadi.

Oradan 20 yil o‘tib, kibersportda bir qancha kuchli davlatlar paydo bo‘ldi. Ushbu mamlakatlarning o‘yinchilari va jamoalari eng ommabop yo‘nalishlarda yetakchilik qilishmoqda, yirik shaharlarda esa minglab tomoshabinlarni jalb etadigan jahon darajasidagi turnirlar o‘tkaziladi.

Quyida 2021-yilda jahon kibersportida yetakchilik qilgan davlatlarning top-10 taligi keltirilgan bo‘lib, uni tuzishda professional o‘yinchilar soni hamda butun davr mobaynida yutib olingan mablag‘ miqdori hisobga olingan*:

10-o‘rin – Braziliya

9-o‘rin – Ukraina

8-o‘rin – Germaniya

7-o‘rin – Fransiya

6-o‘rin – Daniya

5-o‘rin – Rossiya

4-o‘rin – Shvetsiya

3-o‘rin – AQSh

2-o‘rin – Janubiy Koreya

1-o‘rin – Xitoy

* — statistika esportsearnings.com portali tomonidan taqdim etilgan

 

Manbalar:

1. https://sportsgroup.ru/raznyie-vidyi-sporta/istoriya-kibersporta.html

2.https://www.championat.com/cybersport/article-4296139-strany-lidery-mirovogo-kibersporta-kitaj-yuzhnaya-koreya-ssha-shveciya-daniya-rossiya-ukraina-i-drugie.html?utm_source=copypast

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.