Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Antivirus

02.03.2022 • 12:54

Antivirus – kompyuterdagi viruslarni, troyanlarni va boshqa zararli dasturiy ta’minotlarni izlovchi dastur. Agar antivirusning ishiga chetdan qaraladigan bo‘lsa, uning o‘zi ham virus ekanini, faqat u ijobiy ma’nodagi virusligini ko‘rish mumkin.

Antivirusning ishlash usullari – tarmoq trafigini kuzatish, portlarni eshitish, xizmatlarni nazorat qilish, fayllarni modifikatsiya qilish va o‘chirish, statistikani to‘plash va ma’lumotlarni DT yaratuvchisiga jo‘natish, hisoblash quvvatlarini kattagina miqdorda ishlatish. Turli antiviruslar zararli DT bilan turlicha kurashadi. Hamma antiviruslar ham viruslarni aniqlashi mumkin, lekin hammasi ham samarali tozalay olmaydi. Birorta antivirus, o‘ziga xos ishlash usullari sababli, 100 foizli himoyani kafolatlamaydi.    

Antivirus dasturlari skanerlash tizimi yordamida qurilmaning fayl kataloglaridagi ehtimoliy xavflarni aniqlashi mumkin. Buning uchun antivirus dastur o‘z bazasiga murojaat qiladi va uni sizning shaxsiy kompyuteringizning ma’lumotlari bilan solishtiradi. Asosiy muammo ana shunda. Antivirusning ma’lumotlar bazasida kompyuteringizga tushgani taxmin qilinayotgan zararli dasturning muqobili bo‘lishi zarur. Agar u bazada mavjud bo‘lmasa, skaner xavfni aniqlay olmaydi. Kompyuteringizning viruslar bilan zararlanishi ehtimolini kamaytirish uchun har kuni bazalarni yangilab turing.

Afsuski, antivirus ishining kattagina qismi foydalanuvchining Internetda, tashqi ma’lumot tashuvchi vositalar va noma’lum ilovalar bilan ishlashdagi “gigiyenaga zid” xatarli, ba’zida esa, xattoki, savodsizlarcha ishlashining oqibatlarini bartaraf etishga ketadi.

Tadqiqotlar natijasida mutaxassislar antivirus 1 – 2 kun ichida eskirib qolishini aniqlashgan. Shuning oqibatida antivirus himoyasi bo‘lishiga qaramay, 15 % viruslar  bemalol kompyuterga tushadi. Chunki xakerlar har kuni kompyuter texnikasini zararlashning yangidan yangi usullarini o‘ylab topishmoqda.

Har yili kompyuter viruslari jahon iqtisodiyotiga 1,5 trillion AQSh dollari miqdorida moliyaviy zarar yetkazadi. Shu bilan birga, viruslar iqtisodiyotning yangi tarmog‘i paydo bo‘lishiga turtki berdi – har yili antivirus kompaniyalari antivirus dasturiy ta’minoti ishlab chiqarishdan 2 milliard dollargacha daromad olishmoqda. Antivirus dasturlari har kuni 350 000 ga yaqin viruslarni aniqlaydi.  


Manbalar:
Onlayn xavfsizlik, bu erda mavjud http://security.mosmetod.ru/zashchita-ot-virusov/29-printsipy-raboty-antivirusa-chast-2

Safety Detectives, https://www.safetydetectives.com/

Kaspersky, https://www.kaspersky.com/

Geeks for Geeks, https://www.geeksforgeeks.org/interesting-facts-about-computer-viruses/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.