Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Viruslarning turlari

23.02.2022 • 12:32

«Kompyuter viruslari (computer viruses)» atamasi odatda turli-tuman zararli dasturlarning barchasini ta’riflash uchun ishlatiladi, lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas. Kompyuter viruslarini ular qanday platformalarga qarshi qaratilganiga, qaysi operatsiya tizimlari uchun yaratilganiga (Microsoft, Windows, Linux va boshqalar), shuningdek zararlash obyektiga (yuklanadigan, faylli, skriptli), ishlatiladigan texnologiyasiga, dasturlash tiliga qarab farqlanadi.

Viruslarni, shuningdek ta’sir ko‘rsatish usuliga qarab ham ajratish mumkin:

Qayta yozuvchi. Bunday «infeksiyalar» fayl nomini almashtirmasdan birlamchi dasturiy kod o‘rniga o‘zini yozib qo‘yadi. Natijada zararlangan ilova ishlamay qoladi, uning o‘rniga zararli dastur bajariladi.

Parazitli. Ushbu viruslar bajarilayotgan faylning istalgan joyiga o‘z kodini yozib qo‘yadi. Zararlangan dastur to‘liq yoki qisman ishlaydi.

Kompanyon-viruslar. O‘zidan nusxa ko‘chirganidan keyin ular original faylning nomini yoki joyini o‘zgartiradi. Natijada legitim dastur faqat virusning kodi kiritilganidan keyin ishlaydi.

Bo‘g‘in viruslar. Bunday zararli kod dasturiy ta’minotning joylashgan manzilini o‘zinikiga o‘zgartiradi. Shunday qilib, u operatsiy tizimini boshqa ilovalarning kodiga biror bir o‘zgartirish kiritmay uni ishga tushirishga majbur qiladi.

Destruktiv viruslar. Bunga dasturning yoki uning tarkibiy qismlarining dastlabki kodini ishdan chiqarish maqsadida ularni zararlovchi obyektlarni kiritish mumkin.    

Kompyuter tizimlarining faylli viruslar bilan zararlanishining bir nechta asosiy yo‘llari mavjud.

Olinadigan tashuvchi vositalar. Bular oldindan tayyorlangan disketlar, optik disklar. USB-fleshkalar bo‘lishi mumkin. Disketlar bugunga kelib o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, ammo xavfli axborot tashuvchilari qatorini mobil telefonlar va smartfonlar, raqamli fotoapparatlar, videokameralar va pleyerlar to‘ldirdi.

Lokal tarmoqlar orqali. Fayl serveriga tushgan virus tezda boshqa kompyuterlarga tarqaladi.

 

Manba:

https://www.anti-malware.ru/threats/computer-viruses

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.