Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Wi-Fini “begona ulanishlar”dan himoya qilish borasida  5 ta maslahat

09.02.2022 • 10:45

Wi-Fi – atrofdagi hamma bilan baham ko‘riladigan narsa emas. Shu bilan birga g‘araz niyatli odamlar sizning ay-pi manzilingizdan qonunbuzarlik maqsadida foydalanishlari ham mumkin.

Ko‘pchilik boshqa foydalanuvchilarni, eng yomoni - g‘araz niyatli kishilarni shaxsiy Wi-Fi tarmog‘iga ulash xavfli bo‘lishi mumkinligini yaxshi anglamaydi. Tasavvur qiling, sizda simsiz uy tarmog‘i bor. U parol bilan himoyalangan yoki to‘liq ochiq bo‘lishi mumkin. Buzib kirish yoki oddiy ulanish (agar tarmoq himoyalanmagan bo‘lsa) orqali unga boshqa foydalanuvchilar ulanishdi. Bu foydalanuvchilarning maqsadi yomon bo‘lmasligi mumkin. Ularga bizning shaxsiy fayllrimizning qizig‘i bo‘lmasligi va ularning bizga biror bir shaklda zarar yetkazish maqsadi yo‘q, deb hisoblaylik. Shunchaki, begona Wi-Figa ulanib, internetdan foydalanishmoqda xolos.

Buning yomon joyi yo‘qdek, lekin begona qurilmalar sizning marshrutizatoringizga ortiqcha yuklama tushirishini bilishingiz kerak. U sekin ishlay boshlaydi. Ulanish tezligi pasayadi. Agar ular torrentlar yuklab olishsa/tarqatishsachi? Yoki onlayn o‘yinlar o‘ynashsachi? Bu tarmoq va router uchun katta yuklama bo‘ladi. U xatto osilib qolishi mumkin. Ammo bu hali hammasi emas. Agar sizda lokal tarmoq sozlangan, kompyuterdagi biror bir fayllar ochiq foydalanishda bo‘lsa, routeringizga ulangan hammada ana shu fayllarni ko‘rish va ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Tabiiyki, har qanday Wi-Fi tarmoqni buzib kirish mumkin. 100% himoya mavjud emas. Lekin buzib kirishlarning oldini olish uchun bir necha kliklarni o‘z ichiga olgan 5 ta chora kifoya qiladi.

1. Wi-Fi tarmog‘iga ishonchli parol o‘rnating

Wi-Fi tarmog‘i parol bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Yaxshi parol bilan. "11111111", "12345678", "qwertyui" va shu kabilar bilan emas. Bosh harflar, raqamlar va maxsus belgilar(~ ! @ # $ %  & * ) bo‘lgan parol o‘ylab topishga erinmang. Bu parolni yozib qo‘yishga ham erinmang. Yo‘qsa, qidiruv tizimlaridan   Wi-Fining parolini qanday bilsam boladi? – deb izlab yurasiz.

2. Marshrutizatorning sozlamasini parol bilan himoyalang

Bu parol  Wi-Figa taalluqli bo‘lmaydi. U faqat routerning sozlamalarini himoya qilish uchun ishlatiladi. Sizdan boshqa hech kim routerning veb-interfeysiga kira olmasligi va biror bir sozlamalarni o‘zgartirib qo‘ymasligi uchun ham shunday qilish kerak bo‘ladi. Admin orqali routerning parolini qanday qilib boshqasiga o‘zgartirish mumkin

3. WPS funksiyasini o‘chirib qo‘ying

WPS yordamida qurilmalarni simsiz tarmoqqa tez va parolni kiritmasdan ulash mumkin. Lekin amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik WPSdan foydalanmaydi. WPS funksiyasining xavfsizligidagi muammolar haqida yozilgan juda ko‘p material topish mumkin. Shu bois, routerni buzib kirishlardan himoya qilish uchun bu funksiyani o‘chirib qo‘ygan ma’qul.

4. Wi-Fi tarmog‘ini begona ko‘zlardan panaga yashirib qo‘ying

Wi-Fi tarmog‘ining marshrutizatordagi sozlamalarida “SSIDni yashirish” (Hide SSID) yoki “SSIDning keng tarqalishini o‘chirish” funksiyasi bor. Uni faollashtirgandan keyin qurilmalar sizning Wi-Fi tarmog‘ingizni ko‘rmaydi. Unga ulanish uchun esa, parol bilan birga tarmoq (SSID)ning o‘zining nomini ham kiritish zarur bo‘ladi. Bu esa qo‘shimcha himoya, degani.

5. Brandmauer, Antivirus, Tarmoqaro ekran, DoS himoyasi

– bi kabi funksiyalarning hammasi yoki ayrimlari zamonaviy marshrutizatorlarda mavjud. Odatda, ular yoqilgan bo‘ladi. Zarurat bo‘lmasa, ularni o‘chirmang va sozlamalarni o‘zgartirmang.

Ushbu barcha bazaviy sozlamalar sizga routeringiz va Wi-Fi tarmog‘ingiz xavfsizligidagi asosiy “teshiklar”ni yopishingizda yordam beradi.  Omadingizni bersin!

Manba:

help-wifi.com

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.