Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Targ‘ibot

15.12.2021 • 11:20

Targ‘ibot – siyosiy, diniy, falsafiy, ilmiy va boshqa qarashlarni aholiga turli dalillar, tekshirilgan va tekshirilmagan faktlar, mish-mishlar yoki ochiqcha yolg‘on, baholovchi mulohazalar, hissiy bo‘yoqdor fikrlar va boshqalar orqali yetkazib, jamoatchilik fikrini boshqarish demakdir.   

Garchi targ‘ibot salbiy ma’noda tushunilsada, dastlab unda aniq ko‘zga tashlanadigan yomon yoki yaxshi niyat bo‘lmagan. Bu eng oddiy va samarali usullardan foydalangan holda biror bir g‘oyani imkon qadar ko‘proq odamlarga yetkazish imkonini beradigan vositadir. Targ‘ibotning yo‘nalishi targ‘ibotchining maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kimdir sog‘lom turmush tarzini ommalshtiradi, boshqa birov esa biror bir irqning boshqalaridan ustunligini targ‘ib qiladi. 

Targ‘ibotning samaradorligi uning nisbatan oddiy va inson uchun tushunarli narsalarga tayanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Inson tabiatiga xos bo‘lgan yaxshi yoki yomon, o‘zingniki yoki o‘zganiki, adolatning qaror topishi yoki biror narsadan qo‘rqish kabi tuyg‘ularga tayanadi.

Targ‘ibot buni qanday amalga oshiradi?

Yorliqlardan foydalanadi: odamga yoki biror bir guruhga birorta salbiy, shu bilan birga barchaga tushunarli bo‘lgan: millatchi, fashist, liberal va shu kabi yorliqlar yopishtirishga asoslangan usul.

Ezgu so‘zlar yordamida. Ular e’tiborni dalillardan chalg‘itish maqsadida biror bir tushunchalarga qo‘shiladi. Masalan: “mahshur olimlar”, “ekspertlarning fikricha”, ilmiy, barqaror fikr.   

Mahshurlarning fikrlari yordamida, g‘oyani katta maqsadli auditoriyaga ega bo‘lgan mashhur va hamma taniydigan insonlar ilgari surishadi. Mohiyat shundaki, odamlar o‘zlari yaxshi ko‘rgan inson yetkazayotgan axborotni, uning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga shubha qilmagan holda qabul qilishlari kerak.

Ilohiylashtirish, boshqacha aytganda, g‘oya yoki shaxsga muqaddaslik mazmuni berib, uni ilohiylashtirish. Masalan: “Bu bizning, Yaratgan tomonidan ato etilgan yerimiz va biz uni…”, “Yaratgan tomonidan ato etilgan … ga asosan …”

Ko‘pchilikka mansublik - g‘oya ommaning umumiy fikri sifatida taqdim etiladigan usul. Masalan: “Umumiy xulosaga ko‘ra”, “So‘rovnomada qatnashganlarning ko‘pchiligining fikricha”, “Xalqning fikriga asosan”.

Targ‘ibotning eng samarali va ta’sirchan usullaridan biri, shubhasiz – qo‘rquv. Odamlarga muqarrar xavf haqidagi g‘oya singdiriladi. Bu urush, qashshoqlik, qullik, hududlarni yo‘qotish va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Ana shu kabi havas qilib bo‘lmaydigan qismatdan qutilish imkoniyati insonni kerakli mafkuraga olib kelishi zarur.

 

Manba:

https://chto-takoe.net/chto-takoe-propaganda/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.