Ijtimoiy tarmoqlardagi media haqida gap ketganda, media makonning ikkita qiziqarli sub’yekti – trollar va botlar haqida gapirmaslikning iloji yo‘q.
Ularni aksariyat hollarda bitta gapda tilga olishadi, ular xatto o‘zini bir-biriga o‘xshash tarzda tutishi ham mumkin. Ammo aslida ular ikki xil narsa.
Bot – robot degani. U haqiqiy odam emas, balki kompyuter dasturi. Yaxshi va yomon dasturlar, yaxshi va yomon botlar bo‘ladi.
Yaxshi borlat - bular, masalan, ko‘ngil ochish yoki mijozlar bilan muloqotlarni tezlashtirish uchun yordam beradigan chat-botlar. Chat-bot ko‘p beriladigan savollarga javob topishga va shu orqali vaqtni tejashga yordam beradi.
Twitterda qiziqarli iqtibos va fotosuratlar e’lon qiladigan yoki kulguli, lekin bema’ni gaplarni aralashtirib beradigan yaxshi botlar ham mavjud.
Ammo yomon botlar ham bor. Ular internetda o‘zini haqiqiy odam o‘rnida ko‘rsatib, bosh og‘rig‘i keltirib chiqarishi mumkin. Muhim munozaralar, masalan, iqlim o‘zgarishi yoki saylovlar bilan bog‘liq masalalarga ta’sir ko‘rsatish uchun ulardan foydalaniladi. U yoki bu partiyaning yohud siyosatchining bayonotini bo‘rttirish uchun ham qo‘llaniladi.
Botlar yordamida boshqa foydalanuvchilarga hujum qilish yoki ma’lum bir xeshteglarni topga olib chiqish mumkin. Buning uchun texnik imkoniyatlar yetarli: kod yordamida sanoqsiz botlar yaratish va ular yordamida kontentga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Troll – tirik inson bo‘lib, e’tiborni chalg‘itish yoki kelishmovchilikm keltirib chiqarish maqsadida onlayn hamjamiyatda yoki ijtimoiy tarmoqda mavzuga taalluqli bo‘lmagan yoki ig‘vogarona xabarlar qoldirib, onlayn nizo keltirib chiqaradi yohud boshqa foydalanuvchilarni haqorat qiladi. Ularning maqsadi – boshqalarning hissiyotiga o‘ynab, munozaralarni izdan chiqarishdan iborat.
Ammo trolling mashg‘ulot sifatida faqat trollar bilangina cheklanib qolmaydi. Trollar o‘zlarining ayrim xabarlarini tezlashtirish uchun botlardan foydalanishadi. Masalan, o‘z fikrini bildirib, keyin uchbu fikrni izohlar va layklar yordamida qo‘llab-quvvatlanayotgandek tasavvur uyg‘otish uchun botlardan foydalanishadi.
Agar siz kimdir adovat va dushmanlik urug‘ini sochayotganini, asabiylikni keltirib chiqarayotganini, irqchilik kayfiyatini uyg‘otayotganini yoki jamiyatdagi ayrim guruhlarga hujum uyushtirayorganini sezib qolsangiz, unga ochiqchasiga “trollikni bas qil!” – deyishingiz mumkin.
Manba:
Сайт ERR.ee «Боты и тролли» 28.03.2020 Получено: