Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Trollar kim, trollar fabrikasi nima

01.12.2021 • 08:40

Internet trollar – o‘z ko‘ngilxushligi uchun Tarmoqda boshqalarni xafa qilish va asabini buzishni xohlovchi odamlar. Kimningdir troll ekanini aniqlash va unga qarshi kurashish uchun mana nimalarni bilish kerak.

Siz, shubhasiz, ma’lum vaqt oralig‘ida Tarmoqda troll bilan to‘qnash kelgansiz. Internet troll – bu odamlarda kuchli hissiy javoblar uyg‘otish uchun Internetda gijgijlovchi, qo‘pol yoki dilni xira qiluvchi bayonotlar qoldiradigan yohud odamlarni muhokama mavzusidan ataylab chalg‘itish uchun chatdagi, izohlardagi, forumdagi suhbatni boshqa tomonga burib yuboradigan odam. Trolling turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Aksariyat trollar bu ishni shaxsiy ermaklari va ko‘ngilxushliklari uchun qilishadi, ammo trollingning boshqa shakllari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi.

Odatda, trolling qaysidir bitta odamga emas, balki trollarning tuzog‘iga osongina tushib, o‘zini boshqara olmay qoladigan odamlar guruhiga qaratilgan bo‘ladi.  Trollarga esa aynan shu kerak. Ularning asosiy vazifasi – imkon qadar ko‘proq odamlarni o‘z qutqusiga tortish. Trolling – u qadar katta bo‘lmagan shaxsiy guruhdagi chatlardan tortib, yirik ijtimoiy tarmoqlargacha – barchasida uchraydi. Quyida siz onlayn trollarni uchratishingiz mumkin bo‘lgan Internetdagi joylar ro‘yxati berilgan:

  • Anonim onlayn forumlar, saytlar. VK, Reddit, Telegram va shu kabi anonim saytlar, onlayn trollar uchun asosiy ko‘chmas mulk hisoblangan e’lonlar taxtalari shular jumlasidandir. Bu kimligini kuzatish imkoni yo‘qligi bois, trollar gijgijlovchi materiallarni o‘zlari uchun biror bir oqibatsiz e’lon qilishlari mumkin. Ayniqsa, forum yoki saytning moderatsiyasi kuchsiz yohud nofaol bo‘lsa, bu yanada osonlashadi.
  • Twitter:  Twitter ham anonim bo‘lishi mumkin va internet trollar uchun o‘ziga xos o‘choqqa aylanib qolgan. Twitterda trollingning ko‘p uchraydigan usullari obunachilarning e’tiborini tortish uchun ommabop xeshteglardan foydalanish va Twitterdagi mashhur shaxslarni tilga olishdan iboratdir.
  • Izohlar bo‘limlari. YouTube va yangiliklar saytlaridagi izohlar bo‘limlari ham trollar oziqlanadigan eng yaxshi joylar hisoblanadi. Bu yerlardan siz juda ko‘p ochiqcha trollinglarni topishingiz mumkin va ular aksariyat hollarda darg‘azab o‘quvchilar va tomoshabinlarning aks-sadolariga sabab bo‘ladi.

Bir necha yil oldin tarmoqda “trollar fabrikasi” tushunchasi – pul evaziga o‘z buyurtmachilarining imiji va timsolini shakllantiradigan odamlarning uyushgan guruhlari paydo bo‘ldi. Odatda, “trollar fabrikasi” PR-kampaniyaning, aksariyat hollarda axborot urushlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Har kuni “trollar fabrikasi” qalbaki akkauntlardan kerakli materiallarga layk bosishadi, turli OAVning maqolalariga havolalar ostida o‘nlab maqtovga to‘la izohlar qoldirishadi, shuningdek yoqmay qolgan odamlar ustidan “mag‘zava” ag‘darishadi. Odatda, qalbaki akkauntlarda ma’lum bir ajralib turadigan xususiyatlar mavjud bo‘ladi, bular:  profil yaqinda ochilgan, shaxsiy fotosuratlar va o‘zi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q, do‘stlar va foydalanuvchining shaxsiy sahifasida postlar juda kam bo‘ladi.

Odatda, trollar yirik siyosiy tadbirlar arafasida faollashadilar.

2021-yilning 1-noyabr kuni Facebook (FB) Nikaraguadagi FB va Instagramda feyk akkauntlardan foydalangan “trollar fabrikasi”ni yopgani haqida e’lon qildi. FBning bayonotida aytilishicha, “trollar fabrikasi” Nikaragua hukumati va hukmron partiyasi tomonidan moliyalashtirib kelingan.

Open Democracy Qirg‘izistondagi “trollar fabrikasi” haqida xabar berdi va misol tariqasida feyk akkauntni ko‘rsatib o‘tdi.  

Talaygul Omuraliyevaning feyk sahifasiga misol. Profil fotosurati va muqova 2020-yil 22-oktyabrda yuklangan. Fotosurat Rossiya go‘zali – 2018 II-sovrindori  Natalya Stroyevadan o‘g‘irlangan. Manba: https://www.facebook.com/profile.php?id=100057033244525.

  

Manbalar:

https://1gai.ru/publ/524264-chto-takoe-internet-troll-i-kak-obraschatsja-s-trolljami.html

https://www.opendemocracy.net/ru/fabriki-trollei-v-kyrgyzstane/

https://www.kommersant.ru/doc/5061903

https://openmedia.io/infometer/fabrika-trollej-vymyshlennaya-struktura-chto-glava-xoldinga-novostej-prigozhina-rasskazal-v-pervom-intervyu/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.