Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin?

29.09.2021 • 09:27

Tanqidiy fikrlash – bir urinishda tavsiflash mumkin boʻlmagan hodisa. U butun umr davomida rivojlanib boradi. Biz yashayotgan axborot muhiti va sharoitlari qanchalik tez oʻzgarayotganini e’tiborga olib, tanqidiy fikrlashni ham doimo rivojlantirib borish kerak.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun oʻz dunyoqarashingizni oʻstirishga va turli narsalar hamda hodisalar haqida koʻproq narsalar bilihsga  harakat qiling.  Bilimlar qanchalik koʻp boʻlsa, solishtirish va tahlil qilish shuncha oson boʻladi. Muammoni tanqidiy baholashdan oldin uni har tomonlama oʻrganib chiqish, vaziyatga boshqa voqea-hodisalar kontekstida nazar tashlash, uning vaqt oraligʻida rivojlanishini kuzatish zarur.

Savollar berishni oʻrganing. Qiziquvchanlik va bilishga chanqoqlik – tanqidiy fikrlash asosi, bu chanqoqni qondirish uchun savollarni toʻgʻri tuzishni oʻrganish kerak. Turli mavzularda savollar berishni mashq qiling. Har qanday masalani oʻrganishda barcha jihatlarga e’tibor qarating, muammoni turli tomonlardan koʻrib chiqing va detallarga oydinlik kiriting.  

Matnni tahlil qilish. Kelgusida xulosalar chiqarish uchun axborotning ishonchliligini aniqlash hamda yetarlicha yaxshi tushunib olish uchun uni tahlil qiling.  Bu tanqidiy fikrlashning muhim jihatlaridan biridir.

Voqea-hodisalar rivojining turli variantlarini oʻylab topish. Har qanday hayotiy vaziyatda oʻz  xatti-harakatlaringiz oqibatlarini taxmin qilishni oʻrganing. Qaror qabul qilar ekansiz, qogʻozga ehtimoliy oqibatlarni yozib chiqing, ularning har birini baholang, omadsizlikka uchrash xatarini yoki ehtimoliy salbiy oqibatlarni kamaytirish yoʻllarini oʻylang.

Oʻyinlar, boshqotirmalar va maxsus mashqlar yordamida mantiqni, diqqat-e’tibor va tasavvurni mashq qildiring.

  • Shaxmat

Shaxmat oʻyini mantiqiy fikrlashni oʻstiradi, sabab-oqibat aloqasini koʻrish va voqea-hodisalar rivojini taxmin qilishni oʻrgatadi. Nafaqat shaxmat oʻynash, balki shaxmat vazifalarini yechish ham foydali.  

  • Rebuslar, boshqotirmalar va mantiqiy oʻyinlar

Rebus va boshqotirmalarni yechish diqqat-e’tiborni va mantiqni oʻstiradi, fikrlash tezligini yaxshilaydi, mayda detallarni ilgʻashni, asosiy narsalarni ikkinchi darajalisidan ajratishni oʻrgatadi. Eng ommaboplari – Sudoku, Rubik kubigi va quvlashmachoq.

  • Stol ustida oʻynaladigan mantiq va tasavvurni ostiruvchi oʻyinlar

«Ha-yoʻq». Boshlovchi soʻz yoki vaziyatni topishmoq qilib aytadi, oʻyinchilar esa savollar berib uni topishlari kerak. Boshlovchi savollarga «Ha» yoki «Yoʻq» deb javob beradi.

  • Nostandart fikrlashni rivojlantirish uslublari

«Qoʻllash usuli». Istalgan buyumni, masalan, taroq yoki sharikli ruchka oling, hamda undan foydalanishning 100 ta har xil usulini oʻylab topishga harakat qiling.  

«Tasodifiy soʻz». Muammoni ta’riflang va uni qoʻlga birinchi ilingan kitobni ochib tanlangan istalgan tasodifiy soʻz bilan bogʻlashga harakat qiling.  

Manbalar:

1. Фоксфорд. 27.12.2019. «Что такое критическое мышление» https://media.foxford.ru/critical-thinking/ 

2. РБК 02.03.2021«Как развить критическое мышление»

https://trends.rbc.ru/trends/education/5fce3d8b9a7947ff046c43c

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.