Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Nima uchun axborotni tanqidiy qabul qilish kerak?

22.09.2021 • 09:25

Qadimgi Yunonistonda ham tanqidiy fikrlash haqida mulohazalar yuritilgan.  Platon va Suqrot qaror topgan faktlarga shubha bilan qarasjgan va haqiqatning tagiga yetish maqsadida savollar berishgan. Zamonaviy dunyoda esa ushbu koʻnikma yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Demak, “Tanqidiy fikrlash oʻzi nima?”

Tanqidiy fikrlash – olinayotgan axborotlarga va oʻzi ishongan narsalarga shubha bilan qarash.   Koʻnikma tiniq va ratsional fikrlashga, faktlar orasidagi mantiqiy aloqani izlash va kuchli asoslarni shakllantirishda yordam beradi. Tanqidiy fikrlashning asosi- mulohaza yuritish qobiliyati.

Tanqidiy fikrlovchilar gʻoya va mulohazalarni haqiqat sifatida qabul qilmay, ularni shubha ostiga olshadi, savollar berishadi.

Zamonaviy axborot oqimi – yangilikalr, reklama, foydali content, targʻibot aralashib ketgan xabarlarning doimiy tasmasi. Yozilayotgan va aytilayotgan hamma narsaga ishonaversangiz, sizni aldashlari, oʻzganing fikrini majburan singdirishga urinishlari mumkin.

Medianing yolgʻon xabarlari moliyaviy holatga, kasbga yoki shaxsiy hayotga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Masalan, yangiliklardagi anonim manba ma’lum bir mahsulotlarning narxi yaqinda oshib ketishini xabar qiladi. Agar yangilik ishonchsiz boʻlsayu, siz oʻsha mahsulotdan koʻp sotib olsangiz – pul yoʻqotasiz. Hamma axborot haqiqat boʻlishi mumkin emas. Yolgʻonni aniqlay olishni, fakt va fkrlarni ajratishni oʻrganish kerak.

Tanqidiy fikrlashni darrov oʻrganib boʻlmaydi. Bu xuddi chet tilini oʻrganishga oʻxshaydi – oldiniga hammasi murakkab va tushunarsiz boʻlib tuyuladi, ammo mantiqni anglab yetganingdan keyin hammasi osonlashadi. Odatda ihsonadigan narsalaringiz haqida oʻylab koʻrishni boshlang. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi tavsiyalarni koʻrib chiqayotgan boʻlsangiz, oʻylab koʻring: nima uchun sizga aynan mana shu kontentni, aynan mana shu tartibda koʻrsatishayapti. Ushbu maqoladagi tezis va dalillarni shubha ostiga oling, tadqiqot havolalarini yoki ekspertlarning yetarlicha bilimga egaligini tekshirib koʻring.

Faktchekingning «5W+H» uslubidan foydalaning

What? — nima sodir boʻldi?

Why? — bu narsa nima uchun sodir boʻldi?

Who? — bu haqda kim xabar qildi?

Where? — bu narsa qayerda sodir boʻlgan?

When? — qachon sodir boʻlgan?

How? — bu qanday sodir boʻldi?

Tanqidiy fikrlashni mshq qilib boring. Agar rostdan ham boʻlib oʻtayitgan narsalarni rostdan ham tushunib yetishni istasangiz, «mavzudan xabardor boʻlish uchun» sarlavhalarni oʻqish yechim emas.  

Tanqidiy fikrlash haqidagi rolikni tomosha qiling

https://youtu.be/-X6siNJP8Qk

https://youtu.be/kEaIAz3Z5q8

 

Manba:

https://trends.rbc.ru/trends/education/5e81f1339a7947c0a7a6eef3

YouTube kanal MediaSabak

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.