Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Jamoatchilik ongini boshqarish (manipulyatsiya)

15.09.2021 • 11:34

Bizni boshqarishayotgani haqidagi gap-soʻzlar tez-tez quloqqa chalinib turadi. Lekin bu jarayon aslida qanday sodir boʻlad? Davlat boshqaruvchilari OAV orqali qanday usullardan foydalanishadi? Keling, shuni koʻrib chiqamiz.

Manipulyatsiya – faktlarni buzib koʻrsatish, “zarur” axborotni yaratish va uni ilgari surish orqali oʻquvchini (content iste’molchisini) boshqarish usuli[1].

Amerikalik tilshunos, faylasuf, jamoat arbobi va siyosiy tahlilchi Noam Xomskiy ommaviy axborot vositalari orqali Manipulyatsiya qilishing 10 usuli” roʻyxatini tuzib chiqdi [2]:

 

1. E’tiborni chalgʻitish

“Fuqarolar diqqatini haqiqiy hayotiy ahamiyatga ega boʻlmagan mavzularga burgan holda ularning e’tiborini haqiqiy ijtimoiy muammolardan chalgʻitish kerak. Fuqarolarda fikr-mulohaza yuritishga vaqt qolmasligi uchun ular doim nima bilandir band boʻlishiga erishish zarur” (“Osuda urushlar uchun sokin qurol” kitobidan iqtibos).

2. Muammolarni yaratib, keyin ularni hal qilish usullarini taklif qilish

Bu usul “muammo-munosabat-yechim” deb ham nomlanadi. Aholi oʻrtasida ma’lum munosabatni yuzaga keltirib, hukmron doiralar uchun zarur boʻlgan choralar koʻrilishini talab etib chiqilishiga erishiladigan muammo, qandaydir “vaziyat” yaratiladi.

3. Asta-sekin qoʻllash usuli 

Biror bir ommalashmagan choraning qabul qilinishiga erishish uchun uni asta-sekin, kunma kun, yilma yil joriy etib borish kifoya.

4. Ijroning ortga surilishi 

Ommalashmagan qarorni ilgari surishning yana bir usuliga koʻra, u “ogʻriqli va dolzarb” qilib koʻrsatiladi hamda uni kelgusida amalga oshirish uchun fuqarolardan hozir rozilik olinadi.   Chunki kelajakda boʻladigan qandaydir qurbonliklarga odamlarni koʻndirish osonroq.

5. Xalqqa yosh bola kabi munosabatda boʻlish 

Keng ommaga moʻljallangan aksariyat targʻibot chiqishlarida rivojlanishdan orqada qolgan maktab yoshidagi bolalar yoki aqli noqis individumlar haqida gap ketayotgandek dalillar, qahramonlar, soʻzlar, iboralardan foydalaniladi.   

6. Urgʻuni koʻproq mulohazaga emas, balki hissiyotga qaratish 

His-tuygʻularga ta’sir koʻrsatish odamlarning samarali tahlil qilish, kelajakda esa umuman boʻlayotgan voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda boʻlish qobiliyatini toʻsib qoʻyishga qaratilgan klassik usul hisoblanadi.    

7. Qobiliyatsizlikni ommalshtirib odamlarni jaholatda ushlab turish

Odamlar oʻzlarini boshqarish va boʻysundirish uchun qoʻllanilayotgan usul va uslublarni tushunishga qodir boʻlmasligiga erishish. 

8. Fuqarolarni qobiliyatsizlikdan zavqlanishga oʻrgatish 

Aholi orasida aqlsizlik, pastkashlik va tarbiyasizlik urf ekani toʻgʻrisidagi fikrni singdirish…

9. Oʻzini aybdor his qilish tuygʻusini kuchaytirish   

Insonni hayotidagi barcha baxtsizliklar uchun oʻzining aqliy imkoniyatlari, qobiliyatlari yoki intilishlari yetarli emasligi sabab faqat oʻzi aybdorligiga ishonishga majbur qilish.

10. Ilm-fanning turli sohalaridagi tadqiqotlardan foydalanib, odamlar haqida ular oʻzlari haqda ozlari biladiganidan koʻproq narsa bilish.   

 

Manbalar:
1. Виктория Ли «Словарь фактчекера» (07.04.2019). Получено: https://factcheck.kz/glavnoe/slovar-faktchekera/.

2. Десять способов манипулирования общественным сознанием с помощью СМИ(16.06.2011). Получено: https://ria.ru/20110616/389137011.html

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.