Agar sizning do‘stlaringiz yoki o‘zingiz videoda Devid Bekxem, Djim Kerri, Bense yoki boshqa mashhur shaxslar rolida o‘ynagan bo‘lsangiz, u holda siz haqiqatdan dipfeyk sun’iy tafakkur yordamida yaratilgan video ekanligini bilasiz.
Agar soddalashtirib aytsa, neyrotarmoq tayyor tasvirlar asosida piksellar bo‘yicha rolik tayyorlaydi. Masalan, Devid Bekxemning minglab fotosuratlarini o‘rganib chiqadi va sportchi odamlarni bezgak bilan kurashishga da’vat qiladigan videoni ishlab chiqaradi.
Internetda maqsadi dipfeyk yaratish bo‘lgan ko‘plab dasturlar mavjud.
Ularning yordamida ko‘p narsa qilish mumkin, masalan, videodagi odam yuzini umuman boshqa odam yuziga o‘zgartirish yoki gapirayotgan odamning lab qimirlashlarini almashtirib qo‘yish. Lab qimirlashlarini almashtirib qo‘yish va gapirayotgan odamning ovozi (bu ovozni ham alohida dipfeyk dasturlar yordamida yaratish mumkin) saqlanadigan yangi ovozli yo‘lakchani joylashtirish shunday kontent ishlab chiqarishga imkon beradiki, natijada odam aslida aytgan gaplaridan umuman farq qiladigan gaplarni aytadi.
Bunday kontentni yaratish uchun eng mashhur dastur bo‘lib DeepFaceLab hisoblanadi. Mahsulot ijodkorlarining gaplariga ko‘ra uning yordamida 95% atrofidagi dipfeyk-videokontent yaratiladi.
Boshqa dasturlar ham mavjud, masalan: FakeApp; ZAO; Reface.
Har bir dasturning o‘zining nozik jihati bor, hoh u turli darajadagi tex’nik bilimlarga ega bo‘lish zaruriyati bo‘lsin, hoh obuna bo‘lish shartlari bo‘lsin. Biroq o‘zinng funksiyalarini ular yaxshi ijro etadilar.
Nazariy jihatdan odam o‘zining neyrotarmog‘ini yaratishi va uni o‘rgatishi mumkin. Biroq bu variant — qimmat va murakkabdir.
Dipfeyk-texnologiyalar yordamida yaratilgan kontent inson hayotiga deyarli ortiq darajadagi tasir ko‘rsatmaydi , shunchaki odamlarning ko‘nglini ochadi va quvontiradi. Biroq siyosiy maqsadlarda va muayyan odamga mo‘ljallab yaratilgan dipfeyklar, mo‘ljalga sezilarli effekt ko‘rsatishi mumkin.
Dipfeyklar — bu xayrli narsa emas, biroq yovuz narsa ham emas. Bu bor yo‘g‘i instrument. Uning yordamida kulgili videomem yaratish yoki odamlarning muayyan guruhiga muhim axborotni yetkazish mumkin. Biroq shu vaqtning o‘zida kimgadir zarar keltirish mumkin.
Manbalar:
1. https://rb.ru/story/deepfake-lipsync/