Dipfeyklarni takomillashtirish texnologiyalari bu sohadagi qonunlarga nisbatan tezroq rivojlanmoqda. Amerikani Twitter, Facebook va xitoyning TikTok i turli yo‘llar bilan dipfeyklarning tarqalishini tartibga solishga urinib ko‘rdilar [1].
Masalan, TikTok ning yangi siyosati hodisalar to‘g‘risidagi haqiqatni buzgan holda zarar keltirishga olib keladigan va foydalanuvchilarni chalg‘itadigan ixtiyoriy sun’iy yoki manipulyatsiya qiladigan kontentdan foydalanishni man qildi. Bu ijtimoiy tarmoqning siyosati internetdagi siyosiy raqiblarni qoralash maqsadida aldab qo‘yadigan ixtiyoriy videodan foydalanishni oldini olishga da’vat qiladi.
Facebook 2020 yilda dipfeyklarni yo‘qotish siyosatini e’lon qilgan edi. Quyidagi holatlarda xabarlar o‘chirib tashlanishi to‘g‘risida ogohlantirildi: agar kontent videodagi sub’ekt aslida o‘zi gapirmagan gaplarni aytgan deb birovni chalg‘itib qo‘ysa; bu sun’iy tafakkur mahsuli yoki videoni rostakam videoga o‘xshaydigan qilib o‘zgartiradigan mashinali o‘rgatish mahsuli bo‘lsa.
Twitter dipfeyklar va OAV ni manipulyatsiya qilish to‘g‘risidagi qoidalarni joriy qildi, ular asosan tvitlarni belgilab qo‘yish va foydalanuvchilarni yangiliklarni o‘chirishni emas, balki ularning o‘zgartirilgani to‘g‘risida ogohlantirishni ko‘zda tutadi. Kompaniya xabar qilishicha , qalbakilashtirilgan yoki haqiqiy bo‘lmagan materiallarni o‘z ichiga olgan tvitlar faqatgina ular zarar keltirsagina o‘chirib tashlanadi.
Bu ijtimoiy tarmoqlarning asosiy muammosi dipfeyklarni aniqlash texnologiyasining mavjud emasligidadir. 2019 yilda Facebook Microsoft va boshqa hamkorlar bilan birgalikda dipfeyklarni aniqlash muammosini hal qilish maqsadida The Deepfake Detection Challenge tanlovini e’lon qilishdi. Belorussiyalik ishlab chiqaruvchi Selim Seferbekovning modeli eng muvaffaqiyatli deb tan olindi. U sinovchi bo‘lgan data-setlarda 65,18% li aniqlikka erishdi. Uchinchi o‘rinni rossiya NTechLab kompaniyasining modeli egalladi.
Texnologiya sohasi yetakchilari— «Yandeks», TikTok, Microsoft, IBM, Kaspersky Lab, Reface, FaceApp, Ntechlab,va boshqalar dipfeyklar va mualliflik huquqining RBK trendlariga izoh berishdan bosh tortdilar.
Manba:
1. Янина Ноэль «Дипфейки: как трансформируется авторское право на контент» (18.05.2021). Получено: https://trends.rbc.ru/trends/industry/5fc688fe9a79473e6ff9b82a