Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Dipfeyklar va kopirayt

07.07.2021 • 11:06

Dipfeyklarning tarqalishi ko‘p muammolarni keltirib chiqardi, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarning buzilishi va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasini ham. Jahon Intellektual Mulk Tashkiloti dipfeyklar bilan bog‘liq asosiy masalalarni belgilab oldi: (i) agar dipfeyk intellektual mulk (IM) hisoblangan ma’lumotlardan foydalansa, unda dipfeyklarga bo‘lgan IM huquqlari kimga tegishli; (ii) tasviri yoki ovozi dipfeykni tayyorlashda foydalanilgan kishiga xizmat haqi berilishi kerakmi?

Dipfeyklar borasidagi asosiy muammo — bu dipfeyklarning mualliflariga ham, ularni yo‘q qilish bo‘yicha protseduraga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qonunchilik va amaliyotning yo‘qligi. Ovozli dipfeyklar eng katta muammoni tug‘diradi, deb hisoblashadi, chunki dunyoning hech bir mamlakatida inson ovoziga mulk huquqi taalluqli bo‘lmaydi – agar o‘sha odamning ismi tijorat brendi sifatida ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, albatta. Ammo hammasi ham oddiy emas. Masalan, 2020-yilda Vocal Synthesis YouTube-kanali hech qanday tijorat manfaatisiz amerikalik rep-yulduz Jay-Z matnlari o‘qilgan bir nechta generatsiyalashtirilgan yozuvlarni joylashtirdi. Shunga qaramasdan, Jay-Z konsert kompaniyasi videoni olib tashlashni talab qildi, chunki kompaniyaning fikricha, musiqachining ovozini imitatsiya qilish noqonuniy bo‘lgan. O’shanda to‘rtta videodan faqat ikkitasi olib tashlangan. Chunki hosil bo‘lgan tovushli mahsulot reperning birortayam qo‘shig‘iga o‘xshamasligi tan olingandi.

Ovoz imitatsiyasi, masalan, telefon prankerlari tomonidan imitatsiya qilinishi huquqbuzarlik hisoblanmaydi, hammasi jinoiy javobgarlik ostiga tushishi ham mumkin bo‘lgan hazil mazmuniga va ovozli dipfeykdan foydalanish oqibatlariga bog‘liq.

Masalan, 2019-yil mart oyida Buyuk Britaniyada noma’lum shaxslar Britaniya energetika kompaniyasining xodimiga uchinchi shaxslarga €220 tыs o‘tkazish haqida topshiriq berish uchun kompaniya ijrochi direktorining ovozidan foydalangan. Pullar firibgarlarga o‘tkazib berilgan. Tergovchilar esa gumondorlarni aniqlay olmagan.

 

Manbalar:

1. Jahon intellektual mulk tashkiloti, 2019. WIPO Conversation on Intellectual Property (IP) and Artificial Intelligence (AI), bu yerda ko‘rish mumkin  https://www.wipo.int/export/sites/www/about-ip/en/artificial_intelligence/call_for_comments/pdf/ind_lacasa.pdf

2. RBK, Dipfeyklar: qanday qilib mualliflik huquqi kontentga aylanadi, https://trends.rbc.ru/trends/industry/5fc688fe9a79473e6ff9b82a

3. Institute for Internet and the Just Society, 19 January 2021, Legal Issues of Deepfakes by Betül Çolak, bu yerda ko‘rish mumkin https://www.internetjustsociety.org/legal-issues-of-deepfakes 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.