Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

NETIKET

16.06.2021 • 10:10

Setiketnetiket («tarmoq» (ingnetva «etiket» soʻzlarining birikmasi) — tarmoqda oʻzini tutish, muloqot qilish qoidalari, internet-hamjamiyatda aksariyat koʻpchilik amal qiladigan anana va madaniyat [1]Demak, quyida ularga amal qilish sizga xatto internetda ham oʻzingizni yaxshi tomondan namoyon etish imkonini beradigan bir nechta qoidani keltirib oʻtamiz.   

 

1. Layk va repostlarga ehtiyot boʻling. Kulguli suratni ulashish yoki unga layk bosihs jinoiy surishtiruvga sabab boʻlishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda quyidagilarni elon qilish tavsiya etilmaydi: millatlar mavzusidagi matnlar, suratlar va videolarni; dinning ustidan kulish mazmunidagi kontentni; fashizm va terrorchilik haqidagi axborotlarniIchki senzurangizga quloq soling. Obroʻyingizga putur yetkazishi mumkin boʻlgan postlarni joylashtirmang va ularga layk bosmang.  

2. Notanish odamlarga oʻzingizni tanishtiring va “siz”lab murojaat qiling. Agar ijtimoiy tarmoq yoki messenjerda kimgadir doʻstlik taklifini tashlasangiz, kimligingiz va nimna uchun doʻst boʻlmoqchi ekaningiz haqida yozishni unutmang. Sirli “salom” yoʻllab, kutib oʻtirish yaramaydi, darrov maqsadga koʻchib qoʻya qoling. Odatiy hayotdagi muomala madaniyati virtual makonda ham amal qiladi. Masalan, notanish va Yoshi kata kishilar bilan “siz”lab muloqot qilish.    

3. Savod bilan yozing. Avtotahrirchiga ishonib qolmang va tinish belgilarini e’tibordan chetda qoldirmang. Orfografiya va punktuatsiyaga amal qiling.

4. Emodzilarja ruju qoʻymang. Internet-suhbat jarayonida suhbatdoshning gap ohangini bilib boʻlmaydi, banaqa paytda stiker va smayllar yordamga keladi. Ammo emodzilarga ortiqcha ruju qoʻyish aytmoqchi boʻlgan gapingizni oʻqish va tushunishni qiyinlashtiradi. Bu gap #xeshteglarga ham taalluqli.

5. Xabarbi boʻlaklarga boʻlmang. Xabarbi soʻzlarga yoki jumlalarga boʻlib joʻnatish koʻpincha tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Siz hali fikringizni tugatmasingizdan suhbatdoshingiz sizga javob yozadi, siz unga javob qaytarasiz, oʻrtada tushunmovchilik kelib chiqadi

6. CapsLockni ishlatmang. Internetda KATTA HARFLARDA YOZISH baqirishni anglatadi.   

7. Oʻzgalarning vaqtini oʻgʻirlamang. Odatda xabar almashish bir zumda sodir boʻladi. Ammo agar suhbatdoshingiz darrov javob qaytarmasa. undan xafa boʻlish kerak emas (xatto uning statusi onlayn boʻlsa ham). Tun – xabar joʻnatish uchun qulay vaqt emas. Ayniqsa “SHOSHILINCH” degan xabarlarni. Agar hayot-mamot masalasi boʻlmasa, ertalabgacha kutgan ma’qul. Ustozingiz bilan 24/7 rejimida muloqot qilishga kelishib olgan boʻlsangiz, bu hol istisno qilinadi

8. Doʻstlaringiz bilan tishgan fotosuratlarni ruxsatsiz joylamang. Birinchidan, surat doʻstingizga yoqmasligi mumkin. Ikkinchidan, hamma ham shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilishni istamaydi. Oʻzboshimchalik bilan suratlarni elon qilish kelishmovchilikka sabab boʻlishi mumkin.    

9. Spam qilmang. Sizning nomingizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan taklifnoma va xabarnomalarni nazoratga oling. Bular siz obuna boʻlgan oʻyin va ilovalarga, guruhlarning aksiya va tadbirlariga taklifnomalar boʻlishi mumkin [2]. 

 

Manbalar:

1. Нетикет. Получено (09.05.2021): https://dic.academic.ru/dic.nsf/ruwiki/1060344

2. Сетевой этикет: как правильно общаться в интернете. Получено (09.05.2021): https://externat.foxford.ru/polezno-znat/setevoy-etiket

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.