Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Tarmoqdagi fotosurat. Mediada nimani e’lon qilish taqiqlangan

09.06.2021 • 18:20

Agar siz oʻylamasdan hamma fotosuratlarni tarmoqqa joylashtiraversangiz, tarmoqda sizni bloklab qoʻyishlari, firibgarlarning toʻriga ilinib qolishingiz yoki jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin.  

 

 Nima uchun sizni tarmoqda bloklab qoʻyishlari va javobgarlikka tortishlari mumkin

1. Ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq sahifalarda na oʻzingizning, na oʻzgalarning farzandlarining suratlarini joylashtirmang. Birinchidan, bolani (hali 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa) suratga olish, qolaversa, uning suratini tarmoqqa joylashtirish uchun ota-onasi yoki vasiylaridan ruxsat olish talab etiladi. Ikkinchidan, internetdan hech narsani butunlay oʻchirib tashlab boʻlmaydi, shu bois vaqt oʻtib bola oʻz suratlarini ochiq manbalarda koʻrib xursand boʻlmasligi mumkin. Uchinchidan esa, fotosuratlardan firibgarlar oʻz maqsadlarida foydalanishlari mumkin. 

2. Jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan voyaga yetmaganlarning suratlarini e’lon qilmang. Bu oʻrinda ham oʻsha qoida amal qiladi – voyaga yetmaganlarning suratlarini vasiylarining ruxsatisiz e’lon qilish mumkin emas. Huquq-tartibor idoralari ham bu qoidaga amal qilishlari kerak. Voyaga yetmaganlarning suratlarini e’lon qilishga hech kimning haqqi yoʻq.

3. Taqiqlangan, ekstremistik yoki terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan tashkilotlar ramzi mavjud suratlarni e’lon qilmang. Bu taqiqlangan tashkilotlar tashkilotlar gʻoyalarini targʻib etish, deb talqin qilinishi mumkin. Shu bilan birga, biror bir mamlakatda taqiqlanmagan tashkilot boshqa bir davlatda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatida boʻlishi mumkinligini unutmang. Kamdan kam boʻlsada, bunday holatlar uchrab turadi.

4. Zoʻravonlik yoki vahshiylik sahnalari yohud koʻrinishlari mavjud boʻlgan fotosuratlarni e’lon qilmang.

5. Pornografik suratlarni e’lon qilish mumkin emas.

 

Xavfsizlik va axloq meyorlari nuqta nazaridan tarmoqda qanday tasvirlarni elon qilish xavfli   

1.   Parvoz chiptalarining fotosuratlarida shtrix-kod, qatnov raqami va familiyalar boʻladi.  Bu ma’lumotdan oʻzgalar foydalanishlari, masalan, shaxsiy kabinetga kirib, chiptani bekor qilishlari mumkin.

2.   Konsert va boshqa tadbirlarga chiptalarning fotosuratlari. Agar tasvirda shtrix-kod aniq koʻrinib qolgan boʻlsa, firibgarlar fotoshopdan foydalanib chiptani chop etib, undan sizdan oldinroq foydalanishi mumkin.

3.   Sayohat yoki xizmat safaridan joylangan suratlar uy oʻgʻrilari uchun belgi berishi mumkin.  

4.   Qimmatbaho gadjetlarning suratlari ham oʻgʻrilar uchun signal boʻlishi mumkin. Kamtarroq boʻlavering.

5.   Na oʻzingizning, na oʻzgalarning bank kartasi fotosuratini e’lon qilmang. Bu ma’lumotdan ham firibgarlar oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishlari mumkin.

6.   Hujjatlar: pasport, ID-karta, haydovchilik guvohnomasi yoki vizalarning suratlarini e’lon qilmang. Bular shaxsiy ma’lumotlar boʻlib, ulardan firibgarlar oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishlari mumkin.  

7.   Zamonaviy texnologiyalar fotosurat asosida kalitlarning nusxalarini yasash imkonini beradi, shu bois na oʻzingizning, na oʻzgalarning kalitlarini e’lon qilmang. Agar siz 6-bandda keltirib oʻtilgan qoidalarga amal qilmasangiz, qayerda yashashingiz va qaysi vaqtlarda uyda boʻlmasligingizni aniqlab olish firibgarlar uchun qiyinchilik tugʻdirmaydi.

8. Oqshom tadbirlarida olingan fotosuratlarni e’lon qilishdan oldin ular tadbirda qatnashgan kimnidir sha’niga putur yetkazishi mumkinligini unutmang.   

 

Manbalar:

1. https://te-st.ru/2018/09/11/photo-and-law/
2. https://mmdc.ru/services/pravila-publikatsii-informatsii-o-detyakh/
3. https://www.kaspersky.ru/resource-center/threats/children-photos-and-online-safety
4. https://jrnlst.ru/children-law

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.