Ertalab uygʻongandan telefonno qoʻlga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi profillarimizga kirish bizga odat boʻlib qolgan.
Biz oʻylab oʻtirmasdan yuzlab postlarni koʻrib chiqamiz, ularga izoh qoldiramiz, munosabat bildiramiz, “layk” bosamiz, ularni ulashamiz. Ijtimoiy tarmoqlarga oʻta bogʻlanib qolganimiz bois, ularning kamchiliklari koʻzimizga koʻrinmaydi ham.
E’tiboringizga ijtimoiy tarmoqlarning asosiy xavflarini havola etamiz.
1.Maxfiylikdagi muammolar
Ijtimoiy medialarga oʻzimgiz haqimgizda ma’lumotlarni joylar ekansiz, ularni jeda koʻp odamlar koʻrishi mumkinligiga tayyor turishingiz kerak. Buning oqibatida shaxsiy hayotingiz jamoatchilik mulkiga aylanib qoladi.
2. xakerlik va parollarni buzish
Xatto oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni begonalar koʻrishini cheklash uchun barcha choralarni koʻrsangiz ham, oxir-oqibar bu urinishlaringiz besamar ketishi mumkin. Ommabop veb-saytlarga parollarni tanlash va ularni buzib kirish imkonini beradigan koʻplab xakerlik dasturlari mavjud.
3. Virtual qiyofadoshlar
Vaqti-vaqti bialn siz oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni: tugʻilgan sanangizni, oilangiz, kasbivngiz va mashgʻulotlaringiz, hamkasblaringiz, yashash joyingiz va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilib borasiz. Kimdir bu ma’lumotlarni oʻgʻirlab, ularni umumlashtirgan holda sizning virtual qiyofadoshingizni yaratishi mumkin.
4. Internetga bogʻlanib qolish
Ijtimoiy tarmoqlarning saytlari oʻziga bogʻlab olishi mumkin: ulardan foydalanish oson, ular sizga shu vaqtgacha bilmagan bor olam axborotlarni taqdim etadi. Ijtimoiy tarmoqlar sizga oʻzingizni olamga namoyon qilish imkonini beradi. Siz kun davomida oʻz sahifangizga istalgancha kirishingiz va u yerda xohlaganingizcha vaqt oʻtkazishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarga bogʻlanib qolmaslik uchun psixologlarning bir qancha tavsiyalariga amal qilish kerak:
- ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni sata-sekin cheklab borish kerak. Masalan: oʻzingiz uchun onlayn boʻlishning aniq vaqt chegarasini belgilab oling. Asosiysi – ijtimoiy tarmoqda “oʻtirish” vaqtini qisqartirib borish.
- ijtimoiy tarmoqda nima bilan mashgʻul boʻlishingizni aniq kuzatib turing. Doimiy muloqot qilib turmaydigan, yoki postlarini shunchaki odatlanganingiz uchun oʻqiydigan odamlarni doʻstlaringiz safidan oʻchirib tashlang. Yangi xabarlarni oʻqishni kuniga bitta, koʻpi bilan ikkitadan oshirmaslik kerak.
- sogʻligʻingiz haqida oʻylang. Agar yaxshi uxlolmayotgan boʻlsangiz, beldagi ogʻriqlar qilsa, koʻzoynak yoki linza taqsangiz, bir oʻylab koʻringa, ijtimoiy tarmoqni cheklash orqali qancha azobdan qutilasiz.
Ijtimoiy tarmoqlardan keladigan xavf siz oʻylaganingizdan ham jiddiyroq aslida. Siz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan huzur qilarsiz, ammo buni ehtiyotkorlik bilan, oʻylab amalga oshirish kerak. Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqalar bilan boʻlishishdan oldin yeti oʻlchab bir kesing. Sahifangiz istalgan vaqtda omma uchun ochiq boʻlib qolishi mumkinligiga tayyor turing.
Manba:
1. https://sites.google.com/site/socsetki/home/pomos-v-sozdanii-socialnoj-seti