«Innternet irqchilik va chidamsizlikni targ‘ib qilishning muhim vositasi bo‘lib qoldi. Ijtimoiy OAV orqali adovat tili tez rivojlanib bormoqda va avvallari ekstremistik bosma OAV qamraganidan ko‘ra kemgroq auditoriyani qamrab olishi mumkin» (ЕКРН, 2021).
«Facebook», «Google», «Yutube» va «Tvitter» kabi kam sonli dunyoni zabt etgan ijtimoiy tarmoqlar qisqa fursatda milliardlab odamlarga yetib boradi. Ular dunyodagi eng boy kompaniyalar sirasiga kiradi. Ularning biznes-modellari foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otish va foydalanuvchilarning diqqatini ushlab turish uchun ataylab kontentni kuchaytirib beradigan algoritmlarga asoslangan, shuningdek ular cheklangan axborotni tez-tez tarqatib, yuzakilik va ishonchsizlikka e’tiborni qaratadi.
Davlat organlari va ijtimoiy tarmoqlar egalari tomonidan samarali huquqiy va boshqacha shaklda munosabat bildirish choralari mavjud emasligi odamlarning o‘limi, ommaviy zo‘ravonliklar, inson huquqlarining buzilishi kabi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Internetda noqonuniy, nizo, adovat keltirib chiqaruvchi ffikrlarnni tarqatishning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida 2016-yil may oyida Komissiya Facebook, Microsoft, Twitter va YouTube bilan birgalikda «Internetda noqonuniy, nizo keltirib chiqaruvchi fikrlarga qarshi kurashish bo‘yicha axloq Kodeksi»ni imzoladi.
2018-yil davomida axloq Kodeksiga Instagram, Snapchat va Dailymotion qo‘shildi. Jeuxvideo.com 2019-yil yanvar oyida, TikTok esa 2020-yil sentabrda Kodeksga qo‘shilganini ma’lum qildi. (YeI, 2021)
Qabul qilingan 2016-yildan buyon axloq Kodeksi uzluksiz rivojlanib bormoqda: so‘nggi baholashning ko‘rsatishicha, hozirgi paytda kompaniyalar 24 soat ichida o‘rtacha 90 % belgi qo‘yilgan kontentni baholamoqda, noqonuniy, nizo, adovat keltirib chiqrishi mumkin, deb baholangan 71 % kontentni o‘chirib tashlamoqda.