Bugun biz biladigan shakldagi ilk ijtimoiy tarmoqlar 1990-yillarda paydo bo‘la boshlagn. O‘sha davrda Six Degrees, BlackPlanet, Asian Avenue va boshqa ko‘plab maydonchalar yuzaga kelgan. Masalan, 1995-yilda amerikalik Rendi Konrads Classmates.comni (uning ruscha shakli “Odnoklassniki”) yaratadi, unda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar turli o‘quv yurtlari bitiruvchilarining katalogi orqali o‘z sinfdoshlarini topishi mumkin edi. Classmates.com darrov ommalashib ketadi va bugungi kunda undan 50 million kishi foydalanadi.
2000-yillarda turli qiziqishlariga qarab odamlar va tashkilotlarni birlashtirgan ijtimoiy tarmoqlar soni keskin ortadi. Mana, o‘zingiz ko‘ring.
- 2002-yilda AQShda Friendster ishga tushiriladi.
- 2003-yilda bugungi kunda 740 million foydalanuvchiga ega bo‘lgan LinkedIn professional tarmog‘i yaratiladi.
- 2004-yilda Garvard talabalari tomonidan faqat Garvard talabalari foydalanishi uchun yaratilgan Facebook keyinchalik kengayib bordi va bugunga kelib dunyodagi eng ko‘p kiriladigan beshta veb-saytdan biri hisoblannadi. 2021-yil boshi holatiga foydalanuvchilari soni 3 milliard kishidan ortiq.
- 2005-yilda video uchun platform hisoblangan YouTube yaratiladi, bugunga kelib uning foydalanuvchilari soni 2,3 milliard kishi.
- Twitterning tarixi 2006-yildan boshlangan. Dastlab servisda kompaniya xodimlarining ichki muloqoti uchun foydalanilgan, ammo yoz fasliga kelib Twitter ommabop xabarlar almashinuvi uchun ochiladi. Ilk xabarni tizim egasi Jek Dorsi yuborgan, u shunday deb yozgandi: «Just setting up my twttr» («Shunchaki mening Twitterimni sozlang»). Bugungi kunda Twitter internet foydalanuvchilari orasida juda ommalashgan bo‘lib,, 300 milliom auditoriyaga ega.
- 2006-yilda Rossiyada Facebookning o‘xshashi — «VKontakte» paydo bo‘ladi va u 97 milliom foydalnuvchisi bilan Rossiyadagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar o‘ntaligiga kirdi.
- Fotosuratlar va videouozuvlarni almshishga mo‘ljallangan Instagram bepul ilovasi 2010-yilda App Store do‘konida paydo bo‘lgan. Dastlab Instagram foydalanuvchilarga turli joylarda “iz qoldirishi”, do‘stlar bilan uchrashuvlarni rejalashtirishlari, hamda fotosuratlarni joylashtirishlari uchun imkon berardi. Statistikani tahlil qilib ko‘rgan mutaxassislar odamlar faqat fotosuratlarni bo‘lishayotganlarini tushunib yetishdi. Shu bois fotosurat joylashtirishdan boshqa barch funksiyalaarni olib tashlashdi. Bugungi kunda tarmoqning auditoriyasi 1 milliard foydalanuvchidan oshib ketgan.
Manbalar:
1. Sciencepop.ru, История социальных сетей: появление и развитие, доступно здесь https://sciencepop.ru/istoriya-sotsialnyh-setej-poyavlenie-i-razvitie/
2. Хабр, История и развитие социальных медиа, доступно здесь https://habr.com/ru/post/72136/
3. Данные по аудиториям взяты на сайте Business of Applications, https://www.businessofapps.com/