Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot ko‘pigi.

05.05.2021 • 08:45

Ijtimoiy platformalar va qidiruv tizimlari bizning tarmoqdagi harakatimizni, ham servizlarning o‘zining ichida, ham undan tashqarida, kuzatib borishidan xabardorsiz. Layklar, repostlar, ulashishlar, ko‘rishlar, qidiruv so‘rovlari, ochilgan ilovalar, tashqi saytlardagi xatti-harakatlar – bularning barchasi hisobga olib boriladi. Masalan, Facebook tasmasini bizga xronologik tartibda taqdim etmaydi, balki xabarlarni bizning qiziqishlarimizdn kelib chiqib saralaydi. Boshqacha aytganda «Axborot ko‘pigi» yaratiladi – bu bizga yoqadigan cheklangan axborotlar to‘plamini namoyish etadigan o‘ziga xos kanal, deyish mumkin. Natijada biz atrof olam haqida qabul qilish va tushunish oson bo‘lgan, ammo tor tasavvurga ega bo‘lamiz. Uni bizning miyamiz uchun iliq vanna desa ham bo‘ladi! O‘ylashga, fakt va dalillarni tahlil qilishga, solishtirishga, xulosalar chiqarishga, tanqidiy mushohadani shakllantirishga zarurat qolmaydi.

Nima qilmoq kerak?

Axborotni shaxsan taqdim etishni o‘chirish va internetda o‘zingizni anonimlashtirsh!

Qanday qilib?

Masalan, Googleda hisob qaydlari bo‘limiga kirib, barcha kuzatuv faollashmalarini o‘chiring.  Yandexda  «Sozlamalar»ga kirib,  «Natijalardan mening qidiruv tarixini hisobga olish» degan joyidan belgini olib tashlang.

Shaxsni kuzatishni cheklovchi servislar ham mavjud: Ghostery – kuzatish tizimlarini aniqlaydi va bloklaydi, shuningdek reklamani o‘chiradi. Disconnect – yuqoridagi vazifani bajaradi, faqat unda reklamani bliklash funksiyasi mavjud emas.

Facebookda yon tomondagi panelda «Yangiliklar tasmasi» tugmachasini bosing va «Eng yangi» funksiyasini o‘chiring.  «VKontakte»da – o‘ng tomondagi panelda «Oldin qiziqarlilari» funksiyasini o‘chiring. Shuningdek, o‘zingiz ma’qullamaydigan manbalarni ham qo‘shgan holda, manbalar xilma xilligini ta’minlash ham mumkin.   

 

Manbalar

Что такое информационный пузырь и как из него выйти, ссылка https://4brain.ru/blog/information-bubble/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.