Bizga har yondan, turli manbalardan, haq daqiqada axborot oqimi kelib turadi. Biz Facebookda yoki Instagramda yangiliklarni o‘qiymiz, xabarlar tasmasini varaqlab bir chetdan hamma narsani ko‘rib chiqamiz, televizor ko‘ramiz, radio tinglaymiz, jurnallarni o‘qiymiz, tashqi reklamalarni ko‘zdan kechiramiz, muloqot qilamiz. Natijada juda katta miqdordagi filtrlanmagan axborotlatni olamiz. Bu «axborot sdovqini» deb ataladi! Bunday oqimdan axborotni o‘zlashtirish, uni tahlil qilish, muhimlarini ajratib olish mushkul bo‘ladi. «Axborot shovqini»ning asosiy xavfi ana shunda – u voqea-hodisa atrofida faktlar kam bo‘lgan, ko‘proq turli talqinlarga fikrlar, sharhlar, talqinlar, aslida bo‘lgan voqeaning buzib ko‘rsatilishi, o‘ylab topilgan va feyk dalillarga asoslangan xabarlar oqimini yuzaga keltiradi. Oqibatda, inson endi axborotlarni tahlil qilimay, ularning mag‘zini chaqmay qo‘yadi, u oddiy axborot oqimiga moslasha boradi va uning mazmun-mohiyatiga kirib bormaydi («diagonal bo‘yicha o‘qish»).
Voqea-hodisalar haqidagi qisqa vaqt oralig‘ida axborot makonini to‘ldiradigan yorqin, tamtaroq yangiliklarning ko‘pligi «axborot to‘lqinlari» deb nomlanadi. Ular bir necha kun ichida haqiqatda ham sodir bo‘lgan ko‘plab voqea-hodisalarning inikosi bo‘lishi mumkin, ammo odatda aksariyat hollarda ular sun’iy hodisa bo‘ladi. Odatda, axborot to‘lqinlari media guruhi tomonidan biror bir mavzuga e’tiborni tortish yoki aksincha, voqea-hodisa, holat, shaxsdan e’tiborni boshqa narsaga chalg‘itish (agar gap biror bir janjalli vaziyat haqida ketayotgan bo‘lsa) maqsadida tashkil qilinadi. Boshqacha aytganda, axboriy sabab (voqea-hodisa) atrofida xuddi suvdagi po‘rtana kabi media iqtiboslar, baholar, turli talqinlar, boshqa keskinlikni oshiruvchi boshqa media effektlari paydo bo‘ladi. Axborot to‘lqinlari shakli va tarqatilishi xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
Manbalar: