Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot nima

27.04.2021 • 12:48

Axborot lotin tilidan tarjima qilinganda (informatio) xabardor qilish, tushuntirish, bayon etish, degan ma’nolarni anglatadi. «Axborot» so‘zi qo‘llanilishiga qarab, ko‘plab ma’nolarga ega bo‘ladi. Bu so‘zning tor ma’nosida – bu taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar ma’lumotlar, xabarlar, dalillardir. «Axborot» so‘zining yana bir ta’rifi quyidagicha – moddiy tashuvchida qayd etilgan, vaqt va makonda tarqatilgan ma’lumotlar yig‘indisi. Ammo san’at asarlarini axborot deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Axborot atamasining estetik, madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tushunish bilan axborotni kibernetuka, fizika, biologiya va boshqalardagi tushunish bir-biridan tubdan farq qiladi.

 

Axborotning quyidagi o‘z belgilari mavjud:

1. Ideallik va substansional jihatdan mustaqil emaslik. Axborot insonning xotirasida turar ekan, u ideal bo‘ladi.  

Axborot moddiy tashuvchi vosita(qog‘oz, kompyuter va boshqalar)ga ko‘chiqilganda u moddiylik kasb etmaydi, u o‘zidan foydalanuvchilar uchun ideal holatda qoladi.

Axborotni tashuvchi vositagina moddiy bo‘ladi. Axborotning mustaqil emasligi uning moddiy tashuvchi vositasiz mavjud bo‘lolmasligi va harakatlana olmasligida namoyon bo‘ladi.

2. Cheksizlik. Axborot uzatilganda foydalanuvchilari soni cheklanmagan bo‘lishi va ayni paytda uning o‘zgarmay qolishida namoyon bo‘ladi.

3. Izchillik. Axborotning barcha o‘zgarishlariga moddiy tizimlardagi ko‘chuvchi xususiyatga ega bo‘lgan va ham jismoniy, ham axborot darajasida izchillikni ta’minlaydigan o‘zgarishlar yo‘ldosh bo‘lishi izchillikni namoyon etadi.

4. Saralanhsh. Axborotdan foydalanish, uni to‘plash yoki qayta ishlash jarayonida tanlash yoki saralab olish imkoniyatini anglatadi. 

5. Shakl ozgaruvchanligi. Bitta ma’no-mazmunni turli shakl va usullarda uzatish, taqdim etish imkoniyatini anglatadi.

6. Universallik. Axborotning mazmuni fizik, biologic, ijtimoiy voqelikdagi istalgan hodisa va jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligida namoyon bo‘ladi.

7. Axborotning jamlanma sifati:

• moslik — axborotga uning yaratuvchisi yuklagan mazmunga mos kelishi;

• ishonchlilik — atrof olamdagi ob’yektiv voqelikka mos bo‘lishi;

• to‘liqlik —  qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lish;

• qamrovlilik — axborotning ishonchliligini oshirish, natijada u katta hajmni egallaydi;

• ommaboplik — u yoki bu axborotni olish imkoniyati o‘lchovi;

• qimmatlilik — axboriy qarorlar qabul qilishda uning muhimlik, zarurlik darajasi.  

 

Manbalar:

Pieter Adriaans. Information. // Стэнфордская философская энциклопедия, 2012. (англ.)

Википедия. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%98%D0%BD%D1%84%D0%BE%D1%80%D0%BC%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1%8

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.