Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Medianing turlari

20.04.2021 • 19:11

Ommaviy axborot vositalari – bu atama bilan bizga muhim bilim va axborotlarni taqdim etadigan ommaviy axborot vositalarining har xil turlarini nomlaymiz. OAV har doim, xatto odamlar axborot almashish uchun rasmlar va yozma ishlardan foydalangan paytlarda ham jamiyatimizning bir qismini tashkil etib kelgan.

OAVning maqsadi – mediakanalning ularga eng qulay va mos mahsuloti orqali xabarni auditoriyaga yetkazish.     

Umuman olganda, media uchta asosiy tiifaga ko‘ra tasniflanadi.

Bosma

Ilgari ommaviy axborot vositalarining ushbu turi jamoatchilikka axborotni yetkazishning yagona usuli bo‘lgan. O‘tgan asrning 80 – 90-yillari avlod uchun bosma OAV yagona ko‘ngilochar vosita hisoblangan. Odamlar oddiy petseptlar va ko‘ngilochar yangiliklardan tortib, mamlakat hayoti va dunyo miqyosidagi muhim axborotlarni olishda gazeta va jurnallarga tayanishgan. Bosma OAV o‘z ishiga quyidagilarni oladi: gazetalar, jurnallar, kitoblar, komikslar va boshqalar.

Efirga uzatiluvchi

Efirga uzatiluvchi ommaviy axborot vositalari muhim yoki ko‘ngilochar axborotlarni turli usullarda taqdim etuvchi video, audio va yozma kontentni o‘z ishiga oladi. 

Internet

Bugungi kunda biz yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun axborot olishning an’anaviy vositalaridan ko‘ra ko‘proq Internetga murojaar qilamiz. Veb-saytlar axborotni video, matn va audio shaklida taqdim etadi. Biz xattoki yangiliklarni olish usulini tanlashimiz ham mumkin. Internet OAV o‘z ichiga quyidagilarni oladi: Ijtimoiy tarmoqlar yoki veb-saytlar, Internet-forumlar, podkastlar.

 

Manbalar:

1. Whatagraph (05.11.2020) «What Are the Different Types of Media?” https://whatagraph.com/blog/articles/different-types-of-medi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.