Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

O‘tmishga nazar: axborot vositalari qanday o‘zgarib borganligi haqida

16.04.2021 • 16:01

Qadimgi Rimning yangiliklar xabarlari muntazam massmedianing o‘tmishdoshi hisoblanadi.  Ularda shaharda ro‘y bergan voqea-hodisalar haqida so‘z brogan va Acta diurna populi romani («Rim xalqining kundalik yumushlari») deb nomlangan. Ular odamlar to‘planadigan joylarga qog‘oz o‘ramlarini osib qo‘yish yo‘li bilan tarqatilgan, shahar zodagonlari va siyosatchilar qo‘lda ko‘chirilgan qog‘oz o‘ramining shaxsiy nusxasini olishgan.

Qizig‘i shundaki, doimiy gazetalar ham, yagona pochta tizimi ham bitta odam – Gay Yuliy Sezar hukmronligi davrida paydo bo‘lgan. U senatning yig‘ilishlari, sarkardalarning ma’lumotlari va qo‘shni davlatlar hukmdorlarining maktublarini ommaga havola etib boorish majburiyatini yuklagan.  

Bosma stanoklar yaratilgunga qadar gazetalar yakka bosma nusxalar shaklida tarqatilgan. 1450-yillarda Iogann Guttenberg bosma pressni ixtiro qilganidan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Buning natijasida nusxa ko‘chiruvchilar xizmatidan to‘liq voz kechish, shaklni bir xil qolipga solish va jarayonni arzonlashtirish imkoniyati tug‘ildi.

Keyinchalik insonda axborotni masofaga uzatish istagi paydo bo‘ldi. Telegrafning kashf etilishi kommunikatsiya tezligini va shunga mos tarzda hayot tezligini ham tubdan o‘zgartirib yubordi, masalan yangilikni 15 daqiqada yetkazib berish imkoniyati yuzaga keldi.

Axborotni uzatish tazligi borasidagi navbatdagi global sakrash telefonning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. 1876-yilning 14-fevralida Grem Bell telefon apparatiga patent oladi.

Garchi izlanishlar 30-yillardan boshlab olib borilgan bo‘lsada, ilk EHM (elektron-hisoblash mashinasi) 1945-yilda paydo bo‘ladi. U ENIAK deb nomlangan va naq 30 tonna tosh bosgan. Faqat 70-yillarga kelibgina o‘lchami kiyim javoni kattaligidan oshmaydigan «mitti» EHMlar paydo bo‘ladi. 1976-yilda ilk Apple kompyuteri savdoga chiqariladi.

Yuqori tezlikdagi internetning paydo bo‘lishi esa navbatdagi davrni boshlab berdi.   

 

Manbalar:

1. Медиа и информационная грамотность. Учебное пособие для учащихся 9–11(12) классов. / П. Банников, Т. Соколова, О. Гороховський, И. Печищев, Д. Радзявичус, А. Усупбаева, Д. Шишкин. – Алматы: ОФ «Международный центр журналистики «MediaNet», 2021

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.