Kompyuter, smartfon yoki planshetdagi ma’lumotlarning yo‘qolishi - ko‘plab foydalanuvchilar tunda boshdan kechiradigan dahshatli voqeadir. Fayllar turli sabablar bilan yo‘qolishi mumkin: gadjet egasining kutilmagan xatosi va tizimdagi nosozlikdan tortib xakerlik hujumi va zararli virusning ta’sirigacha bunga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, agar shunday voqea sodir bo‘lsa, qurilmaning o‘zidan ham qimmat turadigan ma’lumotlarni qayta tiklash imloniyati bo‘lsa, qanday yaxshi, buning imkoni bor. U zaxira nusxa deb ataladi (technari.com, 2021).
Ushbu maqolada biz bekaplar haqidagi: qachon, qayerga va qanday degan muhim savollarni ko‘rib chiqamiz.
Qachon?
Aniqrog‘i, qanchalik tez-tez? Aslida, qanchalik tez-tez bo‘lsa, shuncha yaxshiroq, asosiysi – muntazamlik. Shu bois eng yaxshi variant – o‘zingiz uchun bir xil vaqt oraliqlarida bekaplar jadvalini ishlab chiqish. Eng yaxshisi zaxira nusxasi olishni avtomatlashtirib qo‘yish kerak.
Qayerga?
Asosiy prinsip: bekaplarni ma’lumotlar turgan asosiy tizimdan alohida nimadadir qilish kerak. Faqat shundagina agar qurilmaga qandaydir shifrlovchi hujum uyushtirsa ham, ularni saqlab qolish mumkinligiga ishonish mumkin. Bu o‘rinda uchta asosiy variant mavjud: USB-fleshka yoki tashqi qattiq disk, tarmoq ombori (NAS, Network Area Storage) yoki oddiy saqlash ombori. Ulardan qaysi biri siz uchun qulayligini aniqlashtirib oling (Ryabova, 2019).
Bulutli ombor – mobillik va sayyoramizning istalgan nuqtasida har qanday qurilmadan fayllardan foydalana olish imkoniyati nuqtai bazaridan ajoyib variant. Ammo shuni unutmangki, bulut – aslida kimningdir begona kompyuteri, shu bois siz o‘z ma’lumotlaringizni kimga ishonishni jiddiy o‘ylab ko‘rishiungiz kerak (Drozhzhin, 2017).
Qanday?
Oldiniga siz nusxa olinadigan fayllarni tanlaysiz: birdaniga hammasini tanlash ham, faqat fotosuratlar va tasvirlarni, filmlar yoki musiqalarni tanlash ham mumkin. Ikkinchi variant – ichidagi barcha fayllardan nusxa olinadigan alohida papkalarni belgilash.
Zaxira nusxa olish kompyuter, planshet yoki smartfonning har qanday foydalanuvchisi uchun suv va havodek zarur. Shikrki, har qanday miqdordagi daromad sohibi bo‘lgan foydalanuvchi uchun ham uni qilish imkoniyati yetarli. Shnu bois, erinmang, keyin qiynalib yurmaslik uchun bekap qiling (technari.com, 2021).