Bittagina ishonchsiz parol tufayli juda ko‘p muammolar kelib chiqishi mumkin [1]. Tasavvur qiling, xaker sizning asosiy pochtangizga parolni topa oldi. Xatlardan siz IClouddan foydalanishingizni bilib oldi va unga kirishni tiklab, telefoningizni bloklab qo‘ydi, so‘ngra Facebookdagi sahifangizga parol tashlaydi va shaxsiy yozishmalarimgizni qo‘lga kiritadi. U yerdan hujjatlarinigizning suratini, telefoningiz va bank kartangiz raqamini topib, pullaringizdan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ishonchli parollar – oddiy so‘zlar yoki jumlalardan, yohud tartib bilan keluvchi harflar yoki sonlardan iborat bo‘ladi.
NordPass parollar menejeri talqiniga ko‘ra, 2020-yilning eng yomon parollarining top-10 taligi quyidagilardan iborat [2]:
1. 123456 –2020-yilda undan 2,5 villion martadan ortiqroq foydalanishgan;
2. 123456789 – deyarli million marta foydalanilgan;
3. picture1 – reytingga yangi kirgan;
4. password;
5. 12345678;
6. 111111;
7. 123123;
8. 12345;
9. 1234567890;
10. senha – portugal tilidagi "parol".
Qayd etish kerakki, birinchi o‘ntalikka kirgan parollarning "picture1" dan boshqa barchasini kiberjinoyatchilar 10 soniyadan kamroq vaqt ichida aniqlab olishadi.
Ishonchli parollar – bu bosh va kichik harflar, raqamlar va maxsus belgilar kombinatsiyasidir. Agar hech narsa o‘ylab topolmasangiz, quyidagi usuldan foydalanib ko‘ring:
1. Xayolingizga kelgan birinchi jumlani oling, masalan – LondonParij.
2. Uni translitda yozing: LondonParizh.
3. Harflarning bir qismini maxsus belgilarga almashtiring. Masalan, а ni @, i ni !, о ni 0 ga. Natijada: L0nd0nP@r!zh paydo bo‘ladi.
4. Endi har bir so‘z oxiriga sonlar qo‘shib chiqing. Bular siz yoqtirgan, yoshingizni bildiruvchi sonlar yoki operator kodi bo‘lishi mumkin. Natijada: L0nd0n13P@r!zh097 hosil bo‘ladi.
Yangi parolni eslab qolish har doim qiyin bo‘ladi. Buning eng yaxshi yo‘li dastlabki vaqtlarda uni eslab qolmasdan, har safar qo‘lda kiritish. Juda ko‘p parollarni eslab qolish undan ham qiyin. Bunday vaziyatlar uchun KeePass, LastPass yoki Roboform kabi parollar menejerlari mavjud. Bular sizning o‘rningizga parollarni eslab qolib, saqlab qo‘yadigan dasturlardir. Siz dasturga kirish uchun asosiy parolni o‘ylab topib, saqlab qo‘ysangiz kifoya. U asosiy parol bo‘lgani bois uzun va qiyin bo‘lgani ma’qul.
Ehtiyot bo‘ling va bizning maslahatlarimiz to‘plamidan foydalaning!
Manbalar:
1. SSL.com.us (22.03.2018). Как придумать надежный пароль. Получено: https://ssl.com.ua/blog/secure-passwords/.
2. Катерина Абрашина (19.11.2020). Назвали самые ненадежные пароли 2020 года – список. Получено: https://vesti.ua/lite/hi-tech/nazvali-samye-nenadezhnye-paroli-2020-goda-spisok.