Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Kiberhujumlar. FACT 2.

24.03.2021 • 04:33

Hammasi qanday boshlangan? 1988-yilda Kornel universiteti (AQSh) talabasi, ilk kompyuter virusi(chuvalchang) ixtirochisi Morrus maqsadi kibermakon o‘lchamlarini aniqlash ekanini ta’kidlagan edi. Bezararday ko‘ringan chuvalchangcha tez tarqaluvchi virusga aylanib, kompyuterlar ishida nosozliklar keltirib chiqarganida hammasi o‘zgarib ketdi. Oqibatda 6 000 ta kompyuter ishdan chiqdi va ularni sozlash uchun xarajatlar 10 milliondan 100 million dollargacha mablag‘ni tashkil etgan. “Melissa” pochta virusi ham shunday ishlagan, u kompyuterlarni zararlab, mustaqil ravishda spam jo‘natgan va tizimlarning zo‘riqib ishlashini keltirib chiqargan. Yetkazilgan zarar esa 1,2 millard dollarga teng bo‘lgan. Darvoqe, “Melissa”ning yaratuvchisi Devid L. Smit 20 oy qamoq jazosi va jarimaga tortilgan. 

2017-yilda xakerlar Buyuk Britaniyadagi eng kuchli kiberhujumni amalga oshirib, sog‘liqni saqlash Milliy xizmati(NHS)ning tizimini buzib kirishga muvaffaq bo‘lishdi. NHS tizimi bir necha kun osilib qolgach, Devon shahrilik 22 yoshli tadqiqotchi virusni to‘xtatishning uddasidan chiqadi. Xuddi shu dastur yordamida xakerlar FedExning 150 dan ortiq mamlakatdagi tizimini buzishadi. “WannaCry” virusi e-mail orqali ilova shaklida tarqatilgan. Foydalanuvchi ilovani ochishi bilan virus kompyuterdagi barcha fayllarni bloklab qo‘ygan. Xakerlar esa blokdan chiqarish va fayllardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun pul talab qilishgan. 300 000 dan ortiq kompyuter zararlangan.

2015-yilda Isroilning uch nafar fuqarosi JP Morgan bankining 83 million mijozining ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblandi. Ma’lumotlar bir necha yuz ming dollarga sotilgan. Shaxsiy ma’lumotlar bilan birga kompaniyaning ko‘rsatkichlari haqidagi muhim axborotlar ham o‘g‘irlangan bo‘lib, bu o‘g‘rilarga bozor birjalarida narxlarga ta’sir ko‘rsatish va shu orqali noqonuniy bitimlardan katta daromad olish imkoniyatini bergan. 200 dan ortiq soxta ma’lumotlardan foydalanib, ular keng ko‘lamli noqonuniy to‘lov jarayonlarini, bitkionlar almashinuvini, butun dunyodagi 75 ga yaqin neft kompaniyalari va hisob raqamlari orqali pul yuvishni yo‘lga qo‘yishdi.

Tarixdagi ma’lumotlar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq eng shov-shuvli holat 2013-ylda Yahoo kompaniyasidan shaxsiy akkauntlarning 1 milliarddan ortiq ma’lumotlari o‘g‘irlanganda sodir bo‘lgan. Ma’lumotlar ism-shariflarni, telefon raqamlarini, parollarni va elektron pochta manzillarini o‘z ichiga olgan edi. O‘shanda Yahoo bank ma’lumotlari o‘g‘irlanmaganini ma’lum qilgan. 2016-yilda kompaniya ikkinchi marta hujumga uchradi.

 

Manbalar:

1. The Sun, 2017. «ATTACK OF THE HACK Five of the worst cases of cyber crime the world has ever seen – from data theft of one BILLION Yahoo users to crippling the NHS», достпуно по ссылке https://www.thesun.co.uk/tech/4120942/five-of-the-worst-cases-of-cyber-crime-the-world-has-ever-seen-from-data-theft-of-one-billion-yahoo-users-to-crippling-the-nhs/

2. Australian IT channel, Top 10 most notorious cyber attacks in history», достпуно по ссылке https://www.arnnet.com.au/slideshow/341113/top-10-most-notorious-cyber-attacks-history/

3.Ресурс Хабр, 2016. Самые громкие кибер-атаки на критические инфраструктуры, доступно по ссылке https://habr.com/ru/company/panda/blog/316500/ 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.