Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Kiberhujumlar. 1-fakt.

18.03.2021 • 11:53

Kiberxavfsizlik haqida so‘z yuritganda, biz ko‘pincha “og‘ir infratuzilma” degan jumlani qo‘llaymiz. Bu – jamiyatning faoliyat olib borishi uchun hayotiy zarur bo‘lgan xizmatlarning asosini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘liq tizimlar, tarmoqlar va aktivlardir. Bank sohasi, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni taqsimlash, tibbiy xizmatlar, davlat avariya-qutqaruv xizmatlari, shuningdek havo va yer orqali tashuvlar shular sirasiga kiradi. Bunday tarmoqlar ishini izdan chiqarishga qaratilgan zarar yetkazuvchi dasturlar va yo‘naltirilgan hujumlar og‘ir infratuzilma uchun asosiy xavflar hisoblanadi.

Kiberhujumlar og‘ir infratuzilma ob’yektlari ishining qisman yoki to‘liq to‘xtab qolishiga olib kelishi, yohud sezilarli moliyaviy zarar yetkazishi mumkin. 2003-yilda SQL Slammer kompyuter virusi Janubiy Koreyani Internetdan deyarli to‘liq uzib qo‘yganida, Bank of America bank terminallari faoliyatini to‘xtatib qo‘yganida, 750 million AQSh dollari miqdorida zarar yetkazganida xuddi shunday bo‘lgan edi. 10 daqiqada 75 000 ta kompyuter zararlangan!

Zarar yetkazish borasida  MyDoom va SoBig 38 milliard dollar bilan eng «qimmat» virus hisoblanadi. Viruslar buzg‘unchilarga zararlangan kompyuterga kirish, bevosita turli dasturlarni ochish, fayllardan nusxa olish, boshqa foydalanuvchilarga elektron xatlar jo‘natish va dasturiy ta’minotga va xatto asbob-uskunalarga jiddiy zarar yetkazish imkoniyatini bergan.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.