Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Kiber xavfsizlik nima

09.03.2021 • 11:00

Kiber xavfsizlik — buzg‘unchi kimsalarning (kiber jinoyatchilar, xakerlarning) veb-resurslarga, tarmoqlarga va dasturiy ta’minotga jinoyatkorona tajovuzlarini kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar. Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, banl hisob raqamlaridan pul mablag‘larini yechib olish, saytlarni yo‘q qilish (to‘liq o‘chirib tashlash yoki bloklab qo‘yish) – bular zamonaviy jamiyat va biznes to‘qnash kelayotgan muammolarning bir qismi xolos. Shu bois kiber hujumlardan samarali himoya – tarmoqdagi xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Masalan, 2020-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining saytiga xakerlar hujum uyushtirishgan edi. «Axborot xavfsizligi qani, akalar? Eh, bizning nomzodimizni o‘tkazmagan akalar», - buzg‘unchilar saytda ana shunday xabar qoldirishgan.

Bugungi kunda kiber xavfsizlik sohasiga kompyuterlar, serverlar, transport vositalaridan boshlab, taqiladigan elektronika vositalarigacha (soatlar, bilaguzuklar, ko‘zoynaklar va boshqalar), kardiostimulyatorlarga o‘xshash tanaga o‘rnatiladigan tibbit moslamalargacha, kelajakda esa – qayta aloqali tanaga kiritiladigan xapdorilar va boshqalargacha bo‘lgan aloqa tarmog‘iga ulangan turli qurilmalar kiradi.

 

(inyoJi yatilofa)

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.