1990 yillarda veb-texnologiyalarning rivojlanib borishi bilan internetdagi reklama televidenie va radiodagi roliklar, gazetalardagi eʼlonlar, bilbordlar va shu kabi marketingning anʼanaviy uslublarining virtual ekvivalentiga aylandi (SendPulse, 2020). Internetdagi reklama miqdori kun sayin oshib bormoqda. Oʼrtacha foydalanuvchi kuniga taxminan 430 ta reklama blogini koʼradi. Bugungi kunda tarmoqda istalgan odam haqidagi istalgan narsani – ayniqsa uning ojiz tomonlari haqidagi maʼlumotlarni topish mumkin (Kadochnikova, 2018). Bundan esa reklamachalar ustalik bilan foydalanishmoqda: ular foydalanuvchilarni kuzatib, eshitib borishadi, ayrimlari esa, xatto eng nopok yoʼllardan ham foydalanishadi, masalan Youtubedagi eʼlonlarga zararli kodlarni kiritib qoʼyishadi (Vidjayan, 2018), baʼzi birovlar esa bexosdan Googedagi reklamaga chaqiriq tugmachasini bosib ham oʼz maʼlumotlaridan ayrilib qolishlari mumkin (Rozenberg, 2018).
Keling, internetdagi reklama nima ekanligiga oydinlik kiritib va yomon internet-reklamaning qurboni boʼlib qolmaslik uchun nima qilish kerakligini bilib olamiz.
Internetdagi reklama (inglizcha internet advertising) — kompaniyalar brendni ilgari surish yoki sotuvlar hajmini oshirish uchun qoʼllaydigan vositalar kompleksidan iborat boʼladi (SendPulse, 2020). Ular odatiy reklamaga nisbatan bir qator afzalliklarga ega boʼladi, jumladan: Internet tarmogʼi foydalanuvchisining munosabatini kuzatib borish imkoniyati, reklama beruvchi amaldagi reklama kampaniyasiga darhol oʼzgartirish kiritishi mumkin.
Barcha kiber jinoiy guruhlar orasida zarar yetkazuvchi reklama bilan shugʼullanuvchi firibgarlar krekativligi bilan ajralib turishadi. Reklamaning xavfsizlig bilan shugʼullanuvchi Confiant kompaniyasining 2019 yil uchun tadqiqotlarining koʼrsatishicha, Internatda eʼlon qilinadigan reklamalar eʼlonlarining ham 100-namoyishi yomon niyatli va buzgʼunchi maqsadlarni koʼzlagan boʼladi (Security, 2019).
Kiber-jinoyatchilar yaxshi maʼlum boʼlgan saytga joylashtirgan reklama eʼlonlariga zarar yetkazuvchi dasturni kiritib qoʼyishadi. Internet-foydalanuvchilar bu saytga ishonishadi, shu bois mazkur saytning sahifalarini bemalol yuklab olishadi, xatto unda joylashtirilgan reklama eʼloni ustiga bosishlari ham mumkin, oqibatda ularning qurilmasiga zarar yetkazuvchi dastur yuklanadi. Kiber-hujumning bu turi Malvertising (zarar yetkazuvchi reklama) deb nomlanadi.
Foydalanuvchiga u chaqiriq tugmasini bosgan narsaning oʼrniga reklamani tiqishtiradigan boshqa bir uslub klikdjeking deb ataladi. Mazkur texnikadan foydalanib, kiber jinoyatchilar foydalanuvchilarning boshini aylantirib, biror bir veb-obʼektlarga yoʼnalgan chaqiriqlarini “oʼgʼirlashlari”, shu orqali odamlarni boshqa sahifaga yoʼnaltirib, reklama uchun pul olishlari mumkin (Negrini, 2021).
Biz raqamli makonda amalga oshiradigan xatti-harakatlar raqamli iz qoldiradi va insonning elektron raqamli portretini yaratadi. Real hayotimizdagi juda koʼp narsalar virtual makonda qoldirgan izlarimizga bogʼliq boʼladi. Reklama beruvchilar, banklar, mobil operatorlar ular asosida bizning toʼlov qobiliyatimizni, ish beruvchilar esa – qobiliyat va imkoniyatlarimizni, maxsus xizmatlar – siyosiyo qarashlarimiz va nizolarga moyilligimizni baholashadi. Аmmo firibgarlar ham shu tarzda bizning raqamli izimizdan borishlari mumkin. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? (Kseniya Luchenko, Yekaterina Sivyakova va boshqalar)
Zarar yetkazuvchi reklamaning xavfini inobatga olgan holda siz oʼz xavfsizligingizni taʼminlashingiz kerak. Ekspertlar bir qancha oddiy maslahatlarga amal qilishni tavsiya etadilar:
1. Har doim internet-himoya funktsiyasiga ega boʼlgan ishonchli antivirus dasturiy taʼminotlaridan foydalanish kerak.
2. Operatsiya tizimi va brauzerni oʼz vaqtida yangilab turish zarur. Mazkur mahsulotlarning yangilanishi aksariyat hollarda nafaqat “kosmetik” tuzatishlar kiritadi, balki xavfsizlikda aniqlangan teshiklarni yamashga ham xizmat qiladi. Аgar foydalanuvchi mahsulotning eski versiyasini ishlatsa, zara yetkazuvchi kod oʼziga maʼlum boʼlgan nozik joylardan foydalanishga urinib koʼradi.
3. Аntivirus mavjud boʼlgan taqdirda ham, yuklab olishlarda juda ehtiyot boʼlish kerak. Аgar reklama havolasiga bosilganda brauzer biror bir tushuntirishlarsiz birorta faylni yuklab olishni taklif etsa, birnchi galda, reklama qilinayotgan manba haqidagi maʼlumotlarni yaxshilab qayta tekshirib koʼrish kerak.
4. Reklama tarmogʼi robotlarining oʼzi zarar yetkazuvchi reklamani topishlariga ishonib qolish ham yaramaydi. Аgar zarar yetkazuvchi reklama bilan toʼqnash kelsangiz, eʼlon joylshatirilgan manba maʼmuriyatiga, hamda ushbu reklama tarmogʼi vakillariga xabar bering.
Sizlardan reklama toʼgʼrisidagi ayrim savollarimizga hamla “Mediani qanday oʼqish kerak?”(2020) jamoasining testiga javob berishingizni soʼraymiz.
(inirshaY lekarma)
Manbalar:
1. marketch.ru. (14 01 2021 г.). Словарь. Получено из marketch.ru: http://www.marketch.ru/marketing_dictionary/marketing_terms_i/internet-reklama/
2. Negrini, F. (14 01 2021 г.). Как работает интернет-реклама. Получено из kaspersky: https://www.kaspersky.ru/blog/internet-ads-101/12961/
3. Security, P. (19 06 2019 г.). Malvertising или вредоносная реклама: что это такое и как себя защитить. Получено из cloudav.ru: https://www.cloudav.ru/mediacenter/malware/malvertising/
4. SendPulse. (23 12 2020 г.). Что такое реклама в интернете? - Руководство. Получено из SendPulse: https://sendpulse.com/ru/support/glossary/advertising
5. The Earth Is Flat - Как читать медиа? (2020 г.) Самоучитель по медиаграмотности. Получено из howtoreadmedia.ru: https://howtoreadmedia.ru/upload/Assessment_Tool.pdf
6. Виджаян, Д. (26 01 2018 г.). Eweek. Получено из Eweek: https://www.eweek.com/security/attackers-distribute-crypto-currency-miners-via-doubleclick-ad-network
7. Кадочникова, С. (30 01 2018 г.). Реклама не просто опасна. Она доводит до безумия. Получено из lenta.ru: https://lenta.ru/articles/2018/01/30/hellofriend/
8. Розенберг, А. (27 01 2018 г.). Coinhive youtube google doubleclick. Получено из Mashable: https://mashable.com/2018/01/27/coinhive-youtube-google-doubleclick/