Kiberbulling, kibermobbing, xeyting – mazkur tushunchalarning barchasi onlayn-ta’qibni anglatadi. Tajovus qiluvchi uchun internet orqali ta’qib qilishning muhim afzalliklaridan biri – jazolanmaslik hissi bilan bog‘liq. Jonli muloqotda qurbon boshqa odamlarni jalb etishi yoki o‘zi javob qaytarishi mumkin, jismoniy uzoqlikdagi anonim ta’qibda esa tajovuzkor o‘zini erkin his etadi.
Tarmoqda foydalanuvchilar anonim tarzda “qurbon”ning fotosuratini joylashtirib, uning tashqi ko‘rinishini, aqliy salohiyatini, ijtimoiy ahvolini va boshqa jihatlarni biror bir isbotsiz va bunday ma’lumotni joylashtirishga ruxsat olmasdan matnlat yozib qoldiradigan akkaunt va guruhlar ommalasdhgan. Boshqa obunachilar muhokamaga qo‘shilib, o‘zlarining salbiy fikrlarini qoldirishlari mumkin. Bu hol ochiqchasiga ham sodir bo‘lishi mumkin, blogerlar yoki selebritilarning postlariga izoh yozganda obunachilar ualrning biror bir xatti-harakatini ma’qullashi yoki unga qarshi chiqishi bunga misol bo‘la oladi.
O‘zbekistonda qizlarning Farg‘onada kuchugini sayr qildirib yurgan 17 yoshli Evelina K.ning 22 yoshli Nodir Qosimov tomonidan ayovsiz kaltaklanishi munosabati bilan oiladagi zo‘ravonlik va seksizmga qarshi uyushtirgan fleshmobi Instagram va Facebookda qizg‘in muhokamalarga va fleshmob ishtirokchilari sha’niga hissiyotli xabar va izohlar qoldirilishiga sabab bo‘ldi. O‘z g‘oyasiga ega bo‘lgan Gonzo_mems kabi yoshlar guruhlarida kanal mualiflari toqatsizlik, murosasizlikni targ‘ib qilib, zo‘ravonlikka chaqirishdi. Hozirga vaqtda qizlar tarmoqda ham, real hayotda ham ta’qibga uchrashmoqda – ularga tahdidlar bo‘lib turibdi [1].
Qirg‘izistonda iyun oyi oxirlarida taniqli bloger Emil Toktashev o‘zining Instagramdagi sahifasida avtomibillar buyurtmasi reklamasi sifatida uylanish uchun qizni o‘g‘irlash sahnalashtirilgan rolikni joylashtiradi. Faol qizlardan biri blogerga g‘zabli xabar yozib, videoni o‘chirib tashlashni so‘radi. O‘z navbatida shoumen qizning cho‘milish kiyimida tushgan suratini quyidagi tagso‘z bilan e’lon qildi: “O‘zing mana shunaqa ahvolda vyurasanku, mernga gapirishga nima haqqing bor?” Shundan keyin blogerning muxlislari qizga kiberbulling uyushtirishdi. G‘azabli xabarlarda haqoratlar ham, o‘ldirish bilan tahdidlar ham bor edi [2].
Qozog‘istonda tarmoqda ayfon ko‘rinishidagi qabr toshining surati tarqalib ketgach, vafot etgan yosh yigitning ota-onasi sha’niga qo‘pol fikrlar va xeyting yog‘ildi. Zangar Orinbetovning yaqinlariga haqoratlar og‘ir botdi va ulardan biri shunday tushuntirish berdi: “tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati qabr toshini ko‘rib o‘z hayrat va g‘azablarini yashirib o‘tirishmayapti. Shu bois ozroq tushuntirish berishni lozim topdim. Bu yerga Zangar Orinbetov nomli yigit dafn etilgan. Garchi u hozir biz bilan bo‘lmasada, tarixda o‘ziga xos iz qoldirdi. Yosh olim iPhone va iPad uchun qozoqcha klaviaturani ishlab chiqdi” [3].
Tojikistonda 2020-yil sentabrda samokatlar ijarasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning reklama roligi Instagramda e’lon qilindi va darrov keskin tanqidlarga uchradi. Rolikda taniqli blogerlar Rafael Gulov va Shoira Po‘latova yarim yalang‘och holda odyolga o‘ranib Dushanbeni samokatda aylanib chiqishadi. Bir daqiqalik ushbi video Internetda janjalga sabab bo‘ldi. Izoh qoldirayotganlar blogerlar sha’niga qo‘pol, haqoratli so‘z va jumlalarni yog‘dirib tashlashdi. Oqibatda, xeyt to‘lqini sababli blogerlar va kompaniya rolikni sahifadan o‘chirib tashlashga majbur qo‘lishdi [4].
Bunday misollar oz emas. Internetdagi ta’qib darajasi Markaziy Osiyo mintaqasida juda yuqori.
Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.
Manbalar:
1. Матвиенко Ирина. Facebook.com. Получено: https://www.facebook.com/matvienko.irina/posts/3201089733283955
2. Антон Данилов (30.06.2020). Wonerzine.com. Получено: https://www.wonderzine.com/wonderzine/life/experience/251073-syrga-tilekova-interview?fbclid=IwAR1gugKlgI4O8ZC4oyIDesgXFnUEitgLmfEcjD9_IsqMP1sN5tzmGg39278
3. Caravan.kz (17.01.2017). Получено: https://www.caravan.kz/news/pamyatnik-v-vide-iphone-ustanovili-v-almaty-389112/?fbclid=IwAR2WUBaAP7-gzUWwU-ecTDaEqsybwZV3HGNNNOU8S3UQpR0rllBQvaKbR8w
4. Марина Чернышова-Мельник (09.09.2020). Получено: https://tj.sputniknews.ru/society/20200909/1031869380/video-odeyala-reklama-dushanbe.html