«Troll» va «trolling» so‘zlari internetdan bizning kundalik muomala, muloqot tilimizgaga kirib kelganiga ancha bo‘ldi.
Trollar kim va ular qayerdan paydo bo‘lishadi?
«Troll» — Internetda, masalan, munozara forumlariga qo‘pol yoki ig‘vogarona postlar qo’yib, muhokamalarga xalaqit beradi yoki uning ishtirokchilarini haqorat qiladi. «Trolling» - trollning faoliyati.
Trollingning yakuniy maqsadi har doim o‘z shaxsiga e’tiborni tortish bo‘ladi. Troll o‘zini mahamiyatli va mashhur his etishni, betakror taassurot qoldirishni xohlaydi, buning uchun barcha vositalarni ishga soladi.
Psixiatr Adam Bell trollingni baliq ovlashga o‘xshatadi: «Troll internet havzasiga xo‘rak (haqoratli izoh tashlaydi. Htch narsadan xabari yo‘q baliq (haqoratlangan yuzer) xo‘rakka uchadi (qarshi asos keltirib izoh yozadi), shundan so‘ng ular o‘rtasida shafqatsiz jang boshlanadi. Agar baliqchida harakatlari uchun ma’lum bir mukofot (ovlangan o‘lja) bo‘lsa, trollning maqsad va kutadigan natijalari htch qachon oxirigacha aniq bo‘lmaydi».
Odatda, trollarni biror kun aniqlashadi va bloklab qo‘yishadi. Ammo sozlamalar borligiga qaramay, Internet-trollar ba’zida aldov yo‘llari bilan do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shilib olishadi. Ana shunday usullardan biri – qalbaki hisob qaydlari. Yosh foydalanuvchilarning ishonchiga kirish uchun trollar nafaqat o‘zlarini boashqa shaxs sifatida tanishtirishlari, balki Internetdagi tahqirlashlar qurboni qilib ko‘rsatishlari ham mumkin. Aynan shuning uchun trolling uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan profillarni farqlash imkonini beradigan belgilarni bilib qo‘yish juda muhim.
Internetda trolling uchun profillarning belgilari:
1. Fotosuratlarning bo‘lmasligi.
Trollar va xayterlar aksariyat hollarda raqamli va real hayotda muammolarga uchramaslik uchun yuzlarini yashirishadi. Shu bois agar profilda fotosurat bo‘lmasa, uni do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shmagan ma’qul.
2. Umumiy do‘stlar yoki tanishlaning bo‘lmasligi.
Umumiy aloqalar va do‘stlar bo‘lmagan odamlar bilan ham aloqaga kirishmaslik kerak. Chunki bittagina umumkiy do‘stning borligi ham so‘rov real insondan kelganining kichik kafolati bo‘la oladi.
3. Obunachilar ko‘p bo‘lsada, faollikning pastligi.
Profilga juda ko‘p odam obuna bo‘lgani holda unda original yozuvlarning deyarli yo‘qligi yoki faqat bishqa sahifalardan repostlar mavjudligi ham shubha uyg‘otishi kerak. Bu hol ushbi akkaunt haqiqiy emasligi va Internetda trolling uchun ishlatilishi mumkinligi ehtimolini oshiradi.
4. Troll to‘g‘ridan to‘g‘ri savolardan qochadi va ularni o‘zi beradi. Shu yo‘l bilan u muloqotni nazorat qilib turadi.
5. Trollning xatti-harakatini tajovuzkor haqorat bilan tavsiflash mumkin. Bunday suhbatdosh har doim nizo keltirib chiqarishga yoki hissiy bosim muhitini yaratishga harakat qiladi.
6. Troll har doim hamjamiyatdagi amaliy aloqalar va muloqotlarni buzishga hamda hamma narsani ma’nisiz bahs va haqoratlargacha olib borishga intiladi.
7. Imkon qadar ko‘proq ishtirokchilarni nizoga jalb etishga uriniladi. Qancha ko‘p odam bunday muloqotga qo‘shilsa, trollning «muvaffaqiyati» shuncha katta bo‘ladi.
Trollingga qarshi turish
Trollingga qarshi kurashish kerak, chunki troll odamning ruhiy holatiga zarar yetkazishi, xatto nafrat, tahdid va tajovuzlarni raqamli dunyodan real hayotga olib chiqishi mumkin. Troll va trolling nizoli vaziyatga sababchi bo‘lishi va nizo keltirib chiqarishi mumkin, unda ega adovat tilidan foydalaniladi – ishtirokchilar haqoratlanadi, kamsitiladi. Ko‘pchilik bolalar trolling haqida kattalarga aytishmaydi, chunki o‘zlarini ranjitgan odam o‘ch olishi mumkinligidan qo‘rqishadi, ammo bunday yondoshuv xavfli bo‘lishi mumkin. Shu bois, agar siz trollni aniqlagan bo‘lsangiz, sizni ta’qib qilayotgan hisob qaydlarini bloklab qo‘ying. Deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir profil yoki haqoratli yozuv ustidan ma’muriyatga shikoyat qilish imkoniyati bor. Bunday xabarlar anonim bo‘lib, Internet-hamjamiyatning barcha foydalanuvchilari uchun xavfsizlik va qulaylik yaratishga yordam beradi.
(barQaroalali shuur)