Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp, YouTube yoki istalgan boshqa ijtimoiy tarmoqdan foydalanadigan har bir smartfon yoki planshet egasi kiberbulling nishoniga aylanishi mumkin. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan voz kechish kiberbullingdan himoyalanishning eng samarali usuli bo‘lar edi, ammo bu eng so‘nggi chora. Yaxshisi atrofingizdagi odamlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularni, mabodo onlayn tajovuz qurboni bo‘lishsa, yordam so‘rab murojaat qilishga undagan ma’qulroq.
Internet orqali tajovuz bo‘lganida, sizga hamma joyda va har tomondan, xatto o‘z uyingizda ham hujum qilinayotgandek tasavvur uyg‘onadi. Bundan qutilishning iloji yo‘qdek go‘yo. Bu kabi huslar uzoq vaqt davom etishi va odamga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin [1]:
- Xayolan - o‘zingizni dili xufton, ko‘ngli xijil, ahmoq va xatto jahldor his qilasiz;
- Hissiy – uyat hissi chulg‘ab oladi va hamma narsaga qiziqishingiz so‘nadi;
- Jismonan – charchoq(uyqusizlik) yoki qorinda va bosh og‘rig‘i kabi alomatlar seziladi.
Ayrim hollarda kiberbulling xatto odamlarning o‘limiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Kiberbulling sizga ko‘p hijatdan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo buni yengib o‘tishning va odamlarda o‘zlariga ishonchni va sog‘liqlarini qaytarish imkoni bor.
Agar ustingizdan kulishayotgandek tasavvur uyg‘onsa, birinchidan [2]
- Tajovuzkorlar o‘z nafratlarini tarqatish uchun foydalanadigan ro‘yxatga olsih qaydlarini bloklang.
- Shikoyat qoldiring. Ijtimoiy tarmoq vakillariga bo‘lgan hodisa haqida xabar bering.
- Yana kimga vaziyat haqida ma’lum qilish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Tajovuzkorlar bilan mustaqil ravishda orani ochiq qilib olishga urinish foydasiz, xatto vaziyatni yanada yomonlashtirib yuborishi mumkin.
- Dalillarni saqlab qo‘ying — bulling elektron xat yoki xabarlarni o‘chirib tashlamang. Agar keyinchalik bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bersangiz, sizga dalillar kerak bo‘ladi.
- Xususiy sozlamalarni o‘zgartiring. Profilingiz faqat do‘stlaringizga ko‘rinishiga ishonch hosil qiling.
- Do‘stlaringiz ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqing. Tanimagan, bilmagan, uchrashmagan yoki yoqtirmagan odamlaringizni o‘chirib tashlang. Bu sizni boshqa ehtimoliy kiberbulling holatlaridan himoya qiladi. Kelgusida ham o‘zingiz tanimagan va uchrashmagan odamlarni do‘stlaringiz ro‘yxatiga qo‘shmang.
Manbalar:
1. Травля в интернете: что это и как с этим бороться. 2020. Получено: Unicef.org.
2. Что такое кибербуллинг и как от него защититься. Avast.ru. Получено: https://www.avast.ru/c-cyberbullying.