Internetning rivojlanishi bilan ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarning xodimlari o‘zlarining maydonchalari u qadar ham xavfsiz emasligidan va foydalanuvchilarni cho‘chitayotganidan tashvish bildirishmoqda va internetdagi zararlarga qarshi kurash mexanizmlarini ishlab chiqishmoqda. Quyida sizmimg e’tiboringizga internetdagi tajovuzkorlik holatlarining turi va shakliga ko‘ra alohida ajralib turuvchi va u yoki bu jihatdan onlayn tajovuzkorlikka yohud zararlarga oid bo‘lgan bir qancha atamalarni keltirib o‘tamiz.
Kiberbulling (cyberbulling) — maqsadli va takrorlanib turuvchi zarar, shu jumladan internet-texnologiyalar va elektron-devyslardan foydalanib uzoq vaqt mobaynida qasddan haqorat qilish, tahdidlar va obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni boshqalarga yetkazib turish[1].
Kibermobbing (cybermobbing) – kiberbullingning o‘zi, faqat bu o‘rinda tajovuzkor bir kishi emas, balki bir guruh shaxslar bo‘ladi.
Trolling (cybertrolling; trolling – blesna (baliq ovlash uchun qarmoqqa bog‘lanadigan yaltiroq baliqcha) bilan baliq ovlash) — turli internet-manbalarda boshqa foydalanuvchilarni munozaraga jalb etish maqsadida foydalanuvchilar o‘rtasida bir-birini haqorat qilishgacha borib yetadigan nizolarni keltirib chiqarish va rivojlantirish maqsadida sarkazm, ig‘vo, gij-gijlash yoki yumor mazmuniga ega maqola yoki xabarlarni joylashtirish [2].
Xeyting (hate) — aniq bir inson, bir guruh odamlar, hodisalarni, aksariyat hollarda o‘z nuqtai nazarini asoslamagan holda irratsional tanqid qilish, ular haqida salbiy izoh va xabarlar yozish [1].
Fleyming (flaming) — aksariyat hollarda chat va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda, beixtiyor tomonlardan birining haqoratlariga qo‘shilib ketuvchi ko‘p sonly odamlarni jalb etgan holda, haqoratlarning qizib ketishi, hissiyotga berilib bir-biriga gap tashlashlar.
Kiberstalking (cyberstalking; to stalk — ta’qib qilish, kuzatib yurish) — qurbonni uning o‘zi yoki oila a’zolari bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlar yoki zarar yetkazishlar bilan qo‘rqitish maqsadida takrorlanib turuvchi tahdidli, xavotir va asabbuzarlik uyg‘otuvchi xabarlar jo‘natish yo‘li bilan ta’qib qilish.
Grifing (griefers) — ko‘p foydalanuvchili onlayn-o‘yinlarda o‘yinchilar boshqa o‘yinchilarni aniq maqsad bilan ta’qib qilishi jarayoni. Ularning maqsadi o‘yinda yutish emas, balki boshqalarni o‘yindan lazzat olishdan mahrum qilish.
Seksting (sexting) — shantaj va obro‘sizlantirish maqsadida yalang‘och va yarim yalang‘och odamlarning foto-, va videomateriallarini e’lon qilish va tarqatish.
Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.
Manbalar:
1. Кирилл Хромов (30.05.2018). Кибербуллинг. Postnauka.ru. Получено: https://postnauka.ru/longreads/86459.
2. Animatika.ru. Получено: https://animatika.ru/info/gloss/trolling.html