Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Klikbeyt. U nima va uni qanday aniqlash mumkin?

09.01.2021 • 17:37

Keling, oldin klikbeyt o‘zi nimaligini, u yaxshimi yoki yomonligini va uni qanday aniqlash mumkinligini bilib olaylik.  

Klikbeyt inglizcha «clickbait» so‘zi bo‘lib,  click «chertish» + bait «xo‘rak» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Boshqacha aytganda, u siz sichqoncha bilan chertishingiz (bosishingiz) kerak bo‘lgan o‘ziga xos xo‘rak. Saytga onlayn-reklamadan daromad olish maqsadida, ayniqsa, axborotning sifati va ishonchliligining zarariga qo‘yilgan axborot kamsitish ohangida shunday nomlanadi («Klikbeyt», 2020). Ba’zida reklamadan daromad olish asosiy maqsad bo‘lmaydi, ammo mohiyat baribir o‘zgarmaydi – klikbeytning yaratuvchisi siz uning kontentiga chertishingizni xohlaydi.

Klikbeyt bu – SHOV-SHUVLI va JARANGDOR, e’tiborni tortuvchi sarlavhalar (Gordovskiy, 2019).  Qizig‘i, zarlavhaning mazmuni u havola berayotgan yangilik yoki mahsulotning mazmuniga mos kelishi shart emas. Bunday sarlavhalar, bizda qiziqish uyg‘otish va havola bo‘yicha o‘tishga majbur qilish uchun ataylab axborotni to‘liq aks ettirmaydi. Xafsalangiz pir bo‘lishi mumkinligini unutmang – havola sizni qandaydir shubhali mahsulotning promo-aksiyasiga yoki undan ham yomoni – virusga olib o‘tishi mumkin.

Klikbeyt materiallarning sarlavhalari va qisqacha bayonida aksariyat hollarda qolipga tushgan so‘zlar ishlatiladi. Quyidagi jadvalda shu turdagi misollar keltirilgan (Yandex, Dzen, b.d.; Dr.WEB, b.d.):  

Belgisi

Misol

Materialning mazmunini ochib beradigan axborotni yashirish.

Qizil poyondozda kim yiqilib tushganini aytsak, ishonmaysiz…

Dalillarni bo‘rttirish yoki buzib ko‘rsatish.

Olimlarning aniqlashicha: sayyoraning kuni bitib qolibdi...

Buyruq mayli, «sen» deb murojaat qilish

Hukumat nimani yashirayotganini bilsang edi! Qiziqib qoldingmi, havolani bos!

Matnni buzib berish: ortiqcha bo‘sh joylar yoki ularning bo‘lmasligi, imloviy xatolar.

Yangi YULUZLI parxez! O‘chirib tashlanmasidano‘qib chiq!

 

Eng ommabop mavzular: siyosat, mashhur insonlar, ularning soxta kasalliklari, o‘lim haqidagi yolg‘on, shaxsiy hayotdagi janjallar, bashoratlar, yangi super gajjetlar, sehrli xapdorilar va boshqalar (Gordovskiy, 2019). 

Tashqi ko‘rinishidan klikbeytni quyidagi belgilariga qarab ajratib olish mumkin (Gordovskiy, 2019):

  • Matn shosha-pisha yozilgandek va uni yozgan odan axborotni tezroq bo‘lishishni istagandek  taassurot uyg‘otadi – tinish belgilari va bo‘sh oraliqlarning tushib qolgan, gapning qiziq joyida uzilib qolgan bo‘ladi;
  • Shoshirib qo‘yadigan kontentdan foydalaniladi;
  • Mashhur mamlarning qo‘llanilishi;
  • ko‘rsatkich, doira, sarlavhani yoki tasvirdagi nimanidir aylana ichiga olib qo‘yish;
  • ayni paytda ommabop bo‘lgan mavzudan – koronavirus, mashhur insonning to‘yi va boshqalardan foydalanish;
  • frazeologizmlar, maqollar, matallar va mashhur iqtiboslardan foydalanish.

Klikbeyt – yomon narsami? Yo‘qdan ko‘ra ha degan javob to‘g‘riroq bo‘ladi. Klikbeyt sarlavhalari va tasvirlari bizning hissiyotlarimizga ta’sir ko‘rsatadi, vaqtimizni o‘g‘irlaydi va bizni chalg‘itadi. Eng xavfsiz yo‘li – ularni chaqiruv tugmasini umuman bosmaslik. Quyidagi viktorinada biz odatiy sarlavhalar orasidan klikbeytlarni topishga misollarni keltirib o‘tganmiz.

 

(berKiblulnig, mobberbingki)

 

Manbalar:

1. Гордовский, Д. (2019, август 17). Что такое кликбейт и стоит ли его использовать. Calltouch.Блог. https://blog.calltouch.ru/chto-takoe-klikbejt-i-stoit-li-ego-ispolzovat/

2. Кликбейт. (2020). В Википедия. https://ru.wikipedia.org/w/index.php?title=%D0%9A%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D0%B1%D0%B5%D0%B9%D1%82&oldid=109019737

3. Яндекс.Дзен. (б. д.). Кликбейт—Яндекс.Дзен. Справка [Concept]. Яндекс Справка. Извлечено 28 декабрь 2020 г., от https://yandex.ru/support/zen/requirements/clickbait.html

4. Dr.WEB. (б. д.). ПоКЛИКаем. «Антивирусная правДА!» Извлечено 28 декабрь 2020 г., от https://www.drweb.ru/pravda?number=1089&lng=ru

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.