Har kuni bizning ko‘zimiz bir dunyo peshlavhalarga, ekrandagi materiallarga, rang-barang gazeta sarlavhalariga tushadi. Qayoqqa qaramaylik hamma joyda reklamaga duch kelamiz. Bugungi hayotimizni turmushimizning barcha sohalariga kirib ulgurgan reklamasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Usiz savdo yurishmaydi. Bir qarashda, buning yomon joyi yo‘qdek, lekin ko‘plab reklamachilar va marketologlar ustamonlik bilan foydalanadigan nayrangga asoslangan texnologiyalar bor.
Reklamani o‘zlariga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaydigan odamlar qattiq yanglishadi. Har bir reklama bizning brenf yoki mahsulot haqidagi fikrimizni o‘zgartiradi.
Siz televizor orqali ming marta ko‘rsatilgan videorolik ham biror bir buyumni sotib olishingizga majbur qilolmasligini aytishingiz mumkin. Reklama xira pashshaga o‘xshab oxir-oqibat asabga tegishi mumkin, ammo bu yerda bitta mantiqqa zid holat bor: ba’zida ana shunday asabga tegadigan reklama samaraliroq bo‘lar ekan. Biror bir fikrni ko‘p martalab takrorlayverish oxir-oqibat uni hammaga ma’lum bo‘lgan va isbot talab qilmaydigan haqiqat – aksioma sifatida auditoruyaning bilimlari tizimiga kirishiga olib keladi.
Reklama beruvchilar xabar yoki reklamani ikkita sabab tufayli tayyorlashadi. Birinchidan, ular o‘z mahsulotlari haqida xabar bermoqchi, ikkinchidan esa, ular odamlarni o‘z mahsulotlarini sotib olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishadi. Mahsulotini sotishni xohlaganliklari bois reklama beruvchilar reklamaga kiritiladigan so‘zlar yoki ma’lumotlar borasida juda ehtiyotkor bo‘lishadi.Aksariyat hollarda ular reklamada mubolag‘a va lilotadan foydalanishadi. Masalan, “Elektrolyuks” changyutkichining television reklamasida uyni tozalash paytida chaqqon uy bekasi pastki qavatda yashovchi qo‘shnisini shipga tortib oladi – ushbu maishiy texnikaning quvvati ana shu tarzda mubolag‘a bilan ko‘rsatib berilgan.
Iste’molchi sifatida siz biror bir mahsulotni sotib olishdan oldin uni tushunishingiz uchun haqiqiy va bo‘rttirilgan axborotni farqlay olishingiz zarur. Shuningdek, siz reklama beruvchilar reklamaga kiritishni istamagan ma’lumot haqida ham o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Agar asosiy maqsad iste’molchini shu mahsulotni sotib olishga ko‘ndirish bo‘lsa, reklama beruvchi mahsulot haqidagi salbiy ma’lumotni reklamaga kiritadimi? Keling, buni misol yoqdamida ko‘rib chiqmiz. Tasavvur qiling, siz hozirgina Refresh nomli yangi sport ichimligining reklamasini ko‘rib qoldingiz. Reklamada ichimlik sizga quvvat bag‘ishlashi va juda mazali ekani ta’kidlanishi mumkin. Ammo reklamada ichimlikda shaker miqdori juda ortiqligi va u sog‘liq uchun anchayin zararli ekani haqida lom-mim deyilmaydi. Nega shunday? Chunki bunday ma’lumotning bo‘lishi odamlarning ushbu mahsulotni sotib olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday axborotning yo‘qligi mijoz mahsulot haqida to‘la ma’lumotga ega emasligini anglatadi. Shu bois reklamani ko‘rganingizda erinmasdan mulohaza qilib ko‘ring, ma’lumotlarni tekshiring va e’tiborli bo‘ling.
Aksariyat hollarda reklamadagi yolg‘onni anglab yetish qiyin bo‘ladi. Tatib ko‘rmaguningcha, o‘qib chiqmaguningcha, yaxshiroq qiziqmaguningcha - bilmaysan. Pinkman studiyasi strategiyachisi va SenseSay agentligi asoschisi Aleksandr Nikoforov reklama va bannerlarni ko‘rish vaqtida miyani ishlatishning qadam baqadam yo‘riqnomasini ishlab chiqqan.
1. Sog‘lom fikrlang
Har safar reklama xabarining haqiqatga yaqinligiga sizda shubha uyg‘onganda sog‘lom fikrni ishga soling. Bu – har doim degani. Bir xil xiyla bilan yaxshi mahsulotni ham, yomonini ham reklama qilish mumkin. Masalan, ishonchlilikni oshirish uchun aksariyat hollarda yulduzlar jalb etiladi. Deyarli har doim – yulduz qatnashgan reklama yolg‘on bo‘ladi, lekin istisnolar ham yo‘q emas: Alfa bank roligida qatnashgan Pozner rostdan ham bankning mijozi bo‘lishi mumkin. Lays reklamasida chiqqan Timati – bu chipslarni yeyishiga shubha bor.
2. «Shubha prizmasi»ni sozlab oling
Tomosha qilish vaqtida «shubha prizmasi»ni shakllantiradigan yo‘l-yo‘riqlar:
- Tish pastasi tishlarni yaltiratmaydi,
- Ziynat kremi ajinlarni yo‘qotmaydi,
- Fruktis 3 marta foydalanganda sochlarni davolay olmaydi,
- Ko‘ylak tasvirdagiday mutlaqo oppoq bo‘lishi mumkin emas.
Masalan, shifobaxsh xususiyatga ega professional kosmetilani faqat kosmetologlardan sotib olish yoki uni faqatgina salonda ishlatish mumkin. Qolgan barcha kosmetikaning foydasi yo‘q, shuning uchun ham ular oro beruvchi deb nomlanado.
3. Ko‘zni o‘ynatadigan tasvirlarga ishonmang
Bu ayniqsa, yeguliklar va ichimliklar haqidagi roliklarga taalluqli. Kotletni mazali qilib ko‘rsatishning millionta usuli bo‘lishi mumkin, lekin bu hol uning hayotda ham mazali bo‘lishini anglatmaydi. Quyidagi havolada yegulikni reklama uchun qanday tasvirga olinishi ko‘rsatilgan: https://www.youtube.com/watch?v=MflT0I7ZPCs&feature=emb_logo
4. Moliyaviy takliflardan ehtiyot bo‘ling
Reklamadagi boyib ketishning yangi sxemalari – bu deyarli har doim aldov va tuzoq. Agar bu taniqli banklarning yangi tariff stavkalari haqida ma’lumot beruvchi reklamasi bo‘lmasa, salgina aqlni ishlatib, qancha-qancha odamlar turli piramidalar, forekslar, shubhali sxemalar va valyuta kreditlaridan zarar ko‘rganini, kuyib qolganini esga olish kifoya.
5. Gumonsirovchi Fray rejimi
Internetdagi reklama oddiysidan umuman farq qilmaydi: sog‘lom aql va ma’lumotni tekshirin ko‘rish qobiliyati – bizning eng yaxshi filtrimizdir. Bu yerda ham sinalgan usullar qo‘llaniladi. Agar siz mashhur shaxsni rolikda ko‘rib qolsangiz yoki bannerda “OLDIN” va “KEYIN” tasvirlariga ko‘zingiz tushsa, darhol gumonsirovchi Fray rejimini ishga tushiring.
Blogerlar ishtirokidagi maxsus loyihalarga ishonmang: ular reklama qilinayotgan brendlardan foydalanishmaydi, ular shunchaki o‘sha narsalar haqida juda katta pul evaziga so‘zlab beradilar. Agar foydalansalar ham, bu kamdan kam to‘g‘ri kelib qoladigan hol bo‘lib, ular bu haqda ataylab yozishmaydi.
- Volya qoqnon yemaydi;
- Buzova kredit olmaydi;
- Timati “Pyatyorochka”da ishlamaydi;
6. Mo‘jizalar bo‘lmasligini unutmang
Ba’zida va’dalar “tadqiqotlar” va murakkab formulalar bilan niqoblanadi. Ayniqsa, farmatsevtika reklamasida ko‘p hollarda ma’lumot tekshirilgan deb taqdim etiladi. Murakkab mavzuda yolg‘onni fosh etish uchun murakkab mavzuni o‘rganish kerak bo‘ladi.
Sxemani tushunib oldingiz: xushta’m obakilar anginani davolay olmaydi, ammo ma’lum vaqtga og‘riqni qoldirishi mumkin. Aqlimizni ozgina ishlatsak, bir daqiqa ichida mo‘jizaviy tarzda davolanib qolish mumkin emasligiga, bir daqiqa oldin shamollashdan o‘lib qolay deb turgan ofis xodimining endi chaqqonlik bilan ishlayotganiga shubha bilan qaray boshlaymiz.
Samaradorligi klinika sharoitida tasdiqlangan jigar uchun essensial fosfolipidlari mavjud emas. Og‘ir, xavfli va samarali dorilarni televizor orqali reklama qilishmaydi – ularni faqat shifokor tavsiya etishi mumkin. Kompyuter sichqonchasi bilan bajarilgan bir nechta jarayondan keyin “hamma narsaga davo bo‘ladigan xapdori” mavjud emasligini bilib olamiz. Agar reklamalarda quyidagiga o‘xshash standart triggerlar qulog‘ingizga chalinsa, sergak torting:
- Men sinab ko‘rdim va menga yordam berdi. Ishonmang.
- Yuvgan edim dog‘ biutkul yo‘qoldi. Ishonmang.
- Bir kunda millionerga aylanasiz. Ishonmang
- Uch marta foydalangandayoq terining yasharishiga erishasiz. Ishonmang.
Mo‘jizalar bo‘lmasligini unutmasangiz – reklamalardagi tuzoqlarni anglab yetishingiz oson kechadi. Aldanib qolmaslik uchun aqlingizni ishlating, mulohaza qilib ko‘ring.
Manbalar:
1. Научи Хорошему, ( 8 марта 2016) “Приемы манипуляции психикой в рекламе Макдональдса” от вебсайта whatisgood.ru https://whatisgood.ru/raznoe/ads/reklama-makdonalds/
2. Coursera.org, “English for Media Literacy. Unit 3: Advertising” https://www.coursera.org/learn/media/home/welcome
3. Никита Непряхин, ( 6 июня 2018) “Манипуляции и уловки в маркетинге и рекламе” от вебсайта nepryakhin.ru http://nepryakhin.ru/news/manipulyacii-i-ulovki-v-marketinge-i-reklame/
4. Алексей Павлов, (12 июля 2019) “Как распознать обман в рекламе” от вебсайта vc.ru https://vc.ru/marketing/75132-kak-raspoznat-obman-v-reklame