Nima deb o‘ylaysiz, tasvirning qalbakiligini aniqlash osonmi?
Agar siz uning feykligini bilsangiz, unda nima shubhali ekanini ajratib ko‘rsata olarmidingiz?
Shubhasiz, ko‘pchiligimiz qalbaki suratning nimasi shubhali ekani haqida biror narsa deya olmaymiz. Keling, ishni boshlaashdan oldin qalbakilik nima ekanini aniqlashga qanchalik qodirligingizni bilib olamiz. Kichik test: https://forms.gle/Cg4g3FFiMnpCuwFd8
Feruk yangiliklar – keng tarqalib borayotgan muammo, lekin bu kabi tasviriy effektlarni aniqlash yanada mushkul. Mana bu virusli moviy-tillarang ko‘ylak singari, miyamiz ko‘zimiz bilan ko‘rib turgan narsamiz unchalik to‘g‘ri emasligi haqida biror narsa deyishi dargumon.
Fotosurat va videotasvirlarning haqiqiyligini tekshirish, ulardan imkon qadar ko‘proq ma’lumot «sug‘urib olish» va ko‘proq axborotlar topish mumkin bo‘lgan bir nechta onlayn-vositalat mavjud.
Google Search by Image — tasvirlarni qayta izlash, unga fotosuratni yuklab, uning asl manbasini va u yana qayerlarda e’lon qilinganini toppish mumkin. Suningdek Amnesty Internationalning – Youtube Data Viewer vositasi ham ish berishi mumkin, u rolikdagi ayrim tasvirlarni o‘zi ajratib olib, Google Image Searchdan izlaydi. TinEye — qayta izlash uchun yana bir vosita. Findexif.com — bepul servia bo‘lib, unga fotosurat yuklansa, yoki unga havola berilsa, u EXIF-ma’lumotlarni aniqlaydi (fotosurat qachon, nimada olingani, tasvirning parametrlari, xatto ayrim suratlarning olingan joyi haqidagi ma’lumotlar). Foto Forensics — tasvirga qo‘shimcha ravishda «yopishtirilgan» qismlarni yoki uni tahrir qilish jarayonida qo‘shilgan qistirmalarni topishga mo‘ljallangan veb-sayt. Dastur fotosuratga ishlov berganidan keyin, undagi tahrir qilingan qismlar boshqalaridan ajralib turadi.
Feyk tasvirni aniqlash videoning faktchekingi bilan o‘xshash – bosib o‘tiladigan qadamlar bir xil, faqat vositalar farq qiladi.
1-qadam. Muallifni yoki birlamchi manbani aniqlash. Google yoki boshqa xizmatlar orqali tasvirni qayta izlashni ishga tushiring.
2-qadam. Axborotni tarqatayotgan shaxsning o‘zini tekshirib ko‘rish kerak. U haqda ko‘proq ma’lumot yig‘ish uchun bir nechta turli resurslar mavjud, garchi ularning aksariyati AQSh fuqarolari uchun yaratilgan bo‘lsada, boshqa mamlakatlarda ham foydasi tegadiganlari bor. Masalan, Pipl.com, WebMii, Runetda people.yandex.ru servisidan foydalanish mumkin.
3-qadam. Fotosuratni tekshirishdagi keying qadam u olingan joy, sana va taxminiy vaqtni tasdiqlash bo‘lishi kerak. должно быть подтверждение места, даты и приблизительного времени, когда было сделано фото. Google Maps yoki Wikimapia lokatsiyalarni aniqlashda qo‘l keladi.
(lefiS shilqi)
Foydalanilgan manbalar:
1. Factcheck.kz, 2017 г. «Инструкция: Как распознать фейковое видео?»https://factcheck.kz/metodika-fch/instrukciya-kak-uznat-fejkovoe-li-video-ili-net/
2. Stopfake.org 2020г. «3 онлайн-инструментов для проверки подлинности фотографий”https://www.stopfake.org/ru/13-onlajn-instrumentov-dlya-proverki-podlinnosti-fotografij/