Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

«Uy sharoitida» faktcheking va matnni tasdiqlash

23.12.2020 • 19:04

Ilgari jurnalistlart o‘zlari to‘plagan ma’lumotlarni e’lon qilishdan oldin faktcheking yordamida tekshirib ko‘rishgan. Bu haqiqiy bo‘lmagan va noto‘g‘ri axborotni aniqlash uchun qo‘llaniladigan butun bir tadbirlar va vositalar majmuidir. 

Tekshirishkerak bo‘lgan voqea-hodisa va axborotlar hajmi oshishi bilan bugungi kunda bu jarayon to‘laqonli tekshirish uchun vaqt kamligi bois ko‘proq axborotni tasdiqlashga o‘xshab ketadi. Tasdiqlash axborotni birlamchi tekshirish uchun zarur bo‘lgan yuzaki faoliyatdir.

Axborot qanday tekshiriladi? Eng to‘g‘ri yondoshuv — matnni diqqat bilan o‘qib chiqish va faktlarning har biri rostdan ham mavjudligini telshirish.

Faktcheking vositalari qo‘l kelishi mumkin, ammo bu juda sermehnat jarayon.  U yuqori malakani talab qiladi va oddiy foydalanuvchiga to‘g‘ri kelmaydi. Matnni tahlil qilish uchun faktchekerlar maxsus ilovalarga ulanishadi, birlamchi manbalar va rasmiy idoralarga so‘rovlar jo‘natishadi, ochiq manbalardan foydalanishadi. 

Lekin bir qator maslahatlar borki, ularga amal qilib murakkab jarayonlarni bajarmasdan ham feykni aniqlash mumkin:  

1. Yangilik qaysi resursda joylahtirilganiga e’tibor qarating. Yangilik joylashtirilgan akkaunt yoki sayt sizga tanish bo‘lishi kerak. Bu saytning nusxasi emas, haqiqiysi ekanini tekshirib ko‘ring. 

2. Maqoladagi manba va havolalarni aniqlang. Agar bir biridan mustaqil manbalar bir nechta bo‘lsa, juda yaxshi. Bu xatoga yo‘l qo‘yish va mish-mishni haqiqat sifatida yetkazishga urinish ehtimolini kamaytiradi

3. O‘z hissiyotlaringiz va manbaga bo‘lgan munosabatingizni uning ishonchliligi bilan aralashtirib yubormang.  Ehtimol, aktyor axloq huqtai nazaridan jazo uslubi sifatida elektr stulidan foydalanishga qarshi bo‘lishi mumkin, ammo bunda axborot yuku mavjud bo‘lmaydi. 

4. Izoh beruvchilar hodisaga aloqador va bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisadan xabardor  bo‘lishlari kerak.  Odamlar o‘zlari yaxshi biladigan va tajribaga ega sohalarda ekspertlik qilishlari zarur. Masalan, davolash usullari haqida shifokor o‘rniga sotuvchi maslahat berishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

5. Qancha ko‘p kuch sarflansa, shuncha yaxshi.  Mish-mishlar mualliflarini axborotning sifati va uning qanday taqdim etilishi tashvishga solmaydi. Ularning mehnati uzoq yashamaydi. Agar axborotda tasvirlar, dalillar va sharhlovchilar, diagramma va jadvallar ko‘p bo‘lsa, bu uning ishonchli va sifatli ekanini anglatadi

   1. Sarlavhaga qarab maqolaga baho bermaslik kerak. Sarlavha unga klik bosishlari uchun o‘ylab topiladi.

   2. O‘zingizga quloq soling. U yoki bu axborot sizga ish yohud hayotingizda qanchalar zarurligi borasida savol berib ko‘ring.

   3. O‘zingiz to‘liq o‘qib chiqmagan matnni tarqatmang.  Agar repost qilsangiz, so‘z borayotgan mavzuga o‘z munosabatingizni bildiring, uni dalillar bilan kuchaytiring. 

Oddiy qoidalarga amal qiling va olgan axborortingizga ishonish yoki uni ulashishdan oldin qayta tekshirib ko‘ring.  

Manba:

https://maff.io/factchecking_i_verifikaciya_informacii/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.