Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Artqa

9-10 sentyabr yangiliklari

09.09.2020 • 07:03

Qanday qilib pandemiya o‘zbekistonliklarga foydali odatlarni singdirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 ga qarshi kurashishda jamoat joylarining kirish joyida xlor eritmasini purkaydigan zararsizlantiruvchi tunnellardan foydalanish befoyda ekanini tan oldi, biroq ko‘pchilik bu usuldan foydalanishda davom etmoqda. Xlor eritmasi matoni o‘yishi mumkin. Dezinfektsiyalovchi tunnellardagi xlor eritmasining kontsentratsiyasi kiyimlarda dog‘ qoldirgan holda ularga putur yetkazmoqda. Shu bilan birga, tunneldan foydalanishning ijobiy natijalari ham kuzatilayotir: pandemiya e’lon qilinganidan buyon ichak infektsiyalari keltirib chiqaradigan kasalliklar darajasi 60% ga, A gepatiti 76% ga kamaygan. Infektsionist shifokorlar buni qo‘llarni tez-tez yuvish va umumiy ovqatlanish muassasalarida qat’iy sanitariya talablariga amal qilinishi bilan bog‘lamoqda. Pandemiya davrida O‘zbekiston jamoat joylarini dezinfektsiyalashga 28 mlrd so‘m sarflagan. Shunday ekan, qo‘llaringizni tez-tez yuving va zararsizlantiring!

 

40 ta umr va 1368-yil qamoq jazosi

Uch yil oldin Istanbuldagi tungi klublardan birida terakt sodir etgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 40 umr muddatga hukm qilindi. O‘shanda 39 nafar kishi qo‘poruvchilik harakatining qurboniga aylangandi. Bundan tashqari, Turkiya sudi uni 79 kishining joniga qasd qilganlik va o‘qotar qurol haqidagi qonunni buzganlik uchun qo‘shimcha ravishda 1368-yilga qamoq jazosiga ham hukm qildi. Masharipovning o‘zi esa aybini tan olmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 31-dekabr kuni tunda Abdulqodir Masharipov Istanbuldagi “Reina” klubida qurol bilan ota boshlagan. 39 kishi halok bo‘lgan, 79 nafari yaralangan. Turkiya hukumati “Islom davlati” terrorchilik tashkilotini ushbu qo‘poruvchilik harakati uchun javobgar deb aytgan.

Manba: https://www.aa.com.tr/en/turkey/turkish-court-gives-istanbul-gunman-40-plus-life-terms/1965915

Fotosurat: aa.com

Bul informaciyalıq-bilim alıw platforması QR, Qırǵızstan Respublikası, ÓzR, TR jasları ushın mólsherlengen.

Platforma sherik mámleketler nızamshılıǵı talapları tiykarında islengen. Platformada paydalanılıp atırǵan mısallar oqıw maqsetinde keltirilgen, nızamǵa qarsı keletuǵın maqset joq. Platformadan paydalanıp atırǵanıńızda óz kóz-qaraslarıńızdı tastıyıqlaysız hám joqarı atap ótilgen maqset hám wazıypalar menen kelisesiz.